Teatrlar milliy reytingi tuziladi
19:29 22.11.2024 (yangilandi: 19:31 22.11.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Uzbekistane sostavat reyting teatrov
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda teatr va san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Kelgusi yildan teatr jamoalarining milliy reytingi tuziladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda ma’lum bo‘ldi.
Madaniyat va san’at sohasiga bag‘ishlangan taqdimotda quyidagi takliflar bildirildi:
Madaniyat va san’at sohasiga bag‘ishlangan taqdimotda quyidagi takliflar bildirildi:
2025-2030 yillarda teatrlarda “Milliy qahramon” va “Inson qadri uchun” mavzularida 32 ta turkum spektakllar yaratish;
Mahmudxo‘ja Behbudiy, yosh rejissorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofotlarni ta’sis etish;
“Nigoh” ijodiy loyihasini yo‘lga qo‘yish, milliy akademik musiqa san’ati bo‘yicha kompozitorlar tanlovini o‘tkazish;
Iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash, saralash va o‘qitish bo‘yicha yaxlit tizim yaratish;
OTMlarda havaskor teatr jamoalari tuzilib, ular o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish;
Teatr tanqidchilari va dramaturglar klubi tashkil etib, ular qo‘llab-quvvatlash;
Kelgusi yildan O‘zbekiston teatr jamoalarining milliy reytingi tuzish;
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga “akademik” maqomi beriladi;
2025 yildan boshlab, madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar xodimlari ish haqi oshiriladi;
Undan tashqari, 2025-yildan boshlab Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshirish hamda ularning O‘zbekiston va xorijda gastrol safarlari tashkil etish va boshqa takliflar bildirildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Uzbekistane sostavat reyting teatrov
V Uzbekistane sostavat reyting teatrov
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana