Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Yangi qurol, Rossiya javobi keskin bo‘ladi: Putin murojaatidan asosiy fikrlar

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti mamlakat har qanday hujumga qat’iy va keskin javob qaytarishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaat qildi.
Putinning asosiy bayonotlarini quyida keltiramiz.

G‘arbning uzoq masofaga uchuvchi raketalari zarbasi haqida

G‘arbning uzoq masofaga uchuvchi raketalari Kursk va Bransk viloyatidagi harbiy obyektlarga hujum qildi.
Dushman o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishmadi, dedi Putin.
Rossiyaga qarshi G‘arbning uzoq masofaga uchuvchi raketalaridan foydalanib, dushman maxsus harbiy operatsiya jarayoniga ta’sir o‘tkaza olmaydi.

“Oreshnik” raketasi haqida

Rossiya Ukrainaning “Yujmash” zavodiga yardosiz gipertovush bilan jihozlangan ballistik raketa bilan zarba berdi. Bu raketa nomi – “Oreshnik”. Unga qarshi hozir birorta vosita yo‘q. Uni biror bir havo hujumidan mudofaa tizimi tuta olmaydi.
“Oreshnik” qo‘llanishi AQShning o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni ishlab chiqish va joylashtirish rejalariga javob bo‘ldi.
Rossiya vaziyat keskinlashiga qat’iy, keskin va munosib javob qaytaradi.
Raketa qo‘llanilgan taqdirda Rossiya Ukrainaning tinch aholisiga xavfli hududni tark etishni oldindan taklif qiladi.
Rossiya tinchlik vositalarini afzal biladi, biroq voqeaning har qanday rivojlanishiga tayyor, javob hamisha bo‘ladi.

Maxsus harbiy operatsiya haqida

Rossiya Qurolli kuchlari barcha yo‘nalishlarda olg‘a siljimoqda.

O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma haqida

AQSh 2019-yilda uydirma bahona bilan O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomani bir tomonlama buzib, xatoga yo‘l qo‘ydi.
Yangiliklar lentasi
0