https://oz.sputniknews.uz/20241121/toshkent-xalqaro-aeroport-zal-rekonstruktsiya-46720339.html
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Uchib kelish zalining chap tomonidan yo‘lovchilarning chiqishi to‘xtatiladi. 21.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-21T09:00+0500
2024-11-21T09:00+0500
2024-11-21T09:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
aeroport
toshkent xalqaro aeroporti
uzbekistan airports
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/14/40176563_236:246:1841:1149_1920x0_80_0_0_ce3777359f492926abafc0930a064eaf.jpg
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi, deya xabar berdi "Uzbekistan Airports".Aytilishicha, zalning chap tomonidan yo‘lovchilarning chiqishi to‘xtatiladi. Endilikda uchib kelganlar binodan to‘g‘riga qarab chiqishadi. Qurilish vaqtida xavfsizlikni ta’minlash uchun vaqtinchalik usti yopiq yo‘lak quriladi. Kutib oluvchilar zali odatdagi rejimda ishlaydi.Loyihaga ko‘ra, bino fasadini oldinga surish hisobiga uchib kelish zali maydoni 2500 kv.m ga oshadi. Hozir mavjud zal maydoni 5300 kv.m. Ushbu bosqich yana ikkita bagaj lentalarini o‘rnatish va terminal ichida kutib oluvchilar uchun keng maydon yaratishni o‘z ichiga oladi.Rekonstruksiya ishlarini 2025-yilning may oyida yakunlash rejalashtirilgan. Shundan so‘ng qurilish ishlarining yakuniy bosqichi boshlanadi, unda uchib ketish va kelish zallarini birlashtirish nazarda tutilgan.Bu esa o‘z navbatida soatiga 2400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yirik yagona aeroport majmuasini yaratish imkonini beradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/14/40176563_344:206:1757:1265_1920x0_80_0_0_5a35c59cb3946658195dba2522504536.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, aeroport, toshkent xalqaro aeroporti, uzbekistan airports
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, aeroport, toshkent xalqaro aeroporti, uzbekistan airports
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi
Uchib kelish zalining chap tomonidan yo‘lovchilarning chiqishi to‘xtatiladi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi, deya xabar berdi "
Uzbekistan Airports". “Poytaxt aeroportini rekonstruksiya qilish doirasida qurilish-montaj ishlarining navbatdagi bosqichi amalga oshirilmoqda. Xususan, uchib kelish zalini kengaytirish ishlari boshlandi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, zalning chap tomonidan yo‘lovchilarning chiqishi to‘xtatiladi. Endilikda uchib kelganlar binodan to‘g‘riga qarab chiqishadi. Qurilish vaqtida xavfsizlikni ta’minlash uchun vaqtinchalik usti yopiq yo‘lak quriladi. Kutib oluvchilar zali odatdagi rejimda ishlaydi.
Loyihaga ko‘ra, bino fasadini oldinga surish hisobiga uchib kelish zali maydoni 2500 kv.m ga oshadi. Hozir mavjud zal maydoni 5300 kv.m. Ushbu bosqich yana ikkita bagaj lentalarini o‘rnatish va terminal ichida kutib oluvchilar uchun keng maydon yaratishni o‘z ichiga oladi.
Rekonstruksiya ishlarini 2025-yilning may oyida yakunlash rejalashtirilgan. Shundan so‘ng qurilish ishlarining yakuniy bosqichi boshlanadi, unda uchib ketish va kelish zallarini birlashtirish nazarda tutilgan.
Bu esa o‘z navbatida soatiga 2400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yirik yagona aeroport majmuasini yaratish imkonini beradi.