https://oz.sputniknews.uz/20241121/toshkent-nogiron-taksi-46740311.html
Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun taksi xizmati ishga tushdi — u qanday ishlaydi?
Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun taksi xizmati ishga tushdi — u qanday ishlaydi?
Sputnik O‘zbekiston
Xizmatdan foydalanish "Yandex Go" ilovasi orqali amalga oshiriladi. 21.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-21T17:00+0500
2024-11-21T17:00+0500
2024-11-21T17:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
taksi
yandeks taksi
nogironligi bo‘lgan shaxslar
ijtimoiy himoya milliy agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45571113_0:72:1348:830_1920x0_80_0_0_8f07120af5ff181d8b266cd2dd6a50d2.jpg
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun "Yandex Go" ilovasi ilovasida “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati. "Ijtimoiy taksi" pilot loyihasini ishga tushirishdan maqsad: Xizmatdan foydalanish "Yandex Go" ilovasi orqali amalga oshiriladi. Buyurtmani qabul qilgan haydovchiga mijozni manzilga olib borish davomida bir qator maxsus vazifalarni amalga oshirish kerakligi haqida xabar beriladi. Demak, mashina topishga yordam bering manzil kartochkasida foydalanuvchiga mashinani topish, uning yoniga kelish va salonga o‘tirishga yordam beruvchi izoh ko‘rinadi.Eshitishida muammolari bo‘lgan shaxslarga haydovchi chat orqali muloqot qilishni so‘rashi kerak bo‘ladi. “Nogironlik aravachasidaman” bu funksiya tanlangan bo‘lsa, haydovchida “nogironlar aravachasida bo‘laman, mashinaga o‘tirishda yordam, bo‘sh yukxona kerak” izohi ko‘rinadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45571113_74:0:1274:900_1920x0_80_0_0_d63e3ff31440d5c7101f7ebe9f215cdb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, taksi, yandeks taksi, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy himoya milliy agentligi
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, taksi, yandeks taksi, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ijtimoiy himoya milliy agentligi
Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun taksi xizmati ishga tushdi — u qanday ishlaydi?
Xizmatdan foydalanish "Yandex Go" ilovasi orqali amalga oshiriladi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun "Yandex Go" ilovasi ilovasida “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi, deya xabar berdi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
matbuot xizmati. "Ijtimoiy taksi" pilot loyihasini ishga tushirishdan maqsad:
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash;
nogironligi bo‘lgan shaxslar va tayanch xarakatida muammolari bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy soha obektlari, ta’lim muassasalariga borib kelishlariga qulayliklar yaratish.
Xizmatdan foydalanish "Yandex Go" ilovasi orqali amalga oshiriladi.
“Mazkur ilovada nogironligi bo‘lgan shaxslarning ehtiyojlariga moslashtirilgan maxsus funksiya "Yandex Go" ilovasida alohida ekranda mavjud. Ularni har qanday tarifda manzilga yetib olish uchun tanlash mumkin ("Start", "Komfort" yoki "Komfort+"). Barcha tariflarda xizmat narxlari o‘zgarmaydi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Buyurtmani qabul qilgan haydovchiga mijozni manzilga olib borish davomida bir qator maxsus vazifalarni amalga oshirish kerakligi haqida xabar beriladi.
Demak, mashina topishga yordam bering manzil kartochkasida foydalanuvchiga mashinani topish, uning yoniga kelish va salonga o‘tirishga yordam beruvchi izoh ko‘rinadi.
Eshitishida muammolari bo‘lgan shaxslarga haydovchi chat orqali muloqot qilishni so‘rashi kerak bo‘ladi. “Nogironlik aravachasidaman” bu funksiya tanlangan bo‘lsa, haydovchida “nogironlar aravachasida bo‘laman, mashinaga o‘tirishda yordam, bo‘sh yukxona kerak” izohi ko‘rinadi.