O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligidagi “Xanjar-2024” o‘quv mashg‘ulotlari qanday o‘tdi — foto
14:04 21.11.2024 (yangilandi: 11:34 22.11.2024)
Obuna bo‘lish
“Xanjar-2024” maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘n kun davom etdi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Markaziy harbiy okrugining “Forish” tog‘ poligonida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qurolli kuchlari bo‘linmalari hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi “Xanjar-2024” maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Xanjar-2024” maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘n kun davom etdi.
“Asosiy bosqichiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlash maqsadida bosqichma-bosqich birgalikdagi harakatlar amalga oshirildi. Asosiy maqsad – dushman joylashgan hududga qo‘qqisdan, xanjarning o‘tkir tig‘idek yashin tezligida yorib kirishdan iborat bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligining mas’ul ofitserlari, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, Qozog‘iston harbiy delegatsiyasi rahbariyati kuzatuvi ostida o‘tgan yakuniy bosqich mashg‘ulot qatnashchilari oldidagi mas’uliyatni yanada oshirdi.
Dastlab shartli dushman joylashgan binolarga minomotchilar, merganlar, pulemotchilar guruhlari va dronlarning hujumi tashkillashtirilgan bo‘lsa, uning ortidan ishga tushgan ishg‘ol guruhi uchta binoda tozalash jarayonini shiddat bilan amalga oshirdi.
Harakatlar jangovar zirhli texnikalar va xizmat itlari ko‘magida amalga oshirilib, sanoqli daqiqalar ichida ko‘zlangan maqsadga erishildi.
“Hamkorlikdagi mazkur taktik o‘quv mashg‘ulotining tantanali yopilish marosimida qardosh davlatlarning do‘stona munosabatlarini yanada mustahkamlashi borasidagi jihatlarga alohida to‘xtalib, “Xanjar-2024” maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarida faollik ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston va Qozog‘iston mudofaa vazirliklarining maxsus ko‘krak nishonlari topshirildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
© Departament informatsii i massovix kommunikatsiy Ministerstva oboroni
1/8

2/8

3/8

4/8

5/8

6/8

7/8

8/8