O‘zbekiston “Moda hamdo‘stligi” forumida ishtirok etdi — tafsilotlar
11:09 21.11.2024 (yangilandi: 11:24 21.11.2024)
© Assotsiatsiya "Uzcharmsanoat"Sankt-Peterburgda 19-20 noyabr kunlari “Modalar hamdo‘stligi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
© Assotsiatsiya "Uzcharmsanoat"
Obuna bo‘lish
Forum 1,5 mingdan ortiq ishtirokchini jamladi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekiston Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan “Modalar hamdo‘stligi” xalqaro forumida ishtirok etdi.
Sankt-Peterburgda 19-20 noyabr kunlari “Modalar hamdo‘stligi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.
Tadbir Hamdo‘stlik mamlakatlari va boshqa mamlakatlardan 1,5 mingdan ortiq ishtirokchini jamladi.
© Assotsiatsiya "Uzcharmsanoat"Sankt-Peterburgda 19-20 noyabr kunlari “Modalar hamdo‘stligi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
Sankt-Peterburgda 19-20 noyabr kunlari “Modalar hamdo‘stligi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
© Assotsiatsiya "Uzcharmsanoat"
Forumda moda, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarini integratsiya qilish masalalari ham muhokama qilindi. Moda hamdo‘stligi forumi MDH mamlakatlarida yengil sanoat va ijodiy tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan strategiya va tashabbuslarni muhokama qilish uchun asosiy platformaga aylandi.
Forum tadbirlarida O‘zbekistondan qator mutaxassislar ishtirok etishdi. Masalan, forum sessiyalarida “O‘zto‘qimachiliksanoat” to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasi raisi maslahatchisi Dilbar Muhamedova “Baxtli va sog‘lom inson hayoti formulasidagi moda” nomli ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Toshkent to‘qimachilik instituti prorektori Xolida Komilova “Milliy kiyim madaniyatidagi salomatlik kodi” va “Talabalarning amaliy tayyorgarligi sifatini yaxshilashda korxonalardagi kafedra filiallarining roli” haqida gapirdi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga ko‘ra, forumning yalpi majlisida uyushma vakillari ham ishtirok etishdi. Qayd etilishicha, MDHga a’zo davlatlarning yengil sanoatni rivojlantirish uchun zarur resurslar va xomashoning mavjudligi xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish va eksport salohiyatini oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
© Sovet FederatsiiValentina Matviyenko: Moda i kreativnie industrii stali yeshyo odnim obyedinitelnim faktorom na prostranstve SNG
Valentina Matviyenko: Moda i kreativnie industrii stali yeshyo odnim obyedinitelnim faktorom na prostranstve SNG
© Sovet Federatsii
Rossiya Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko xalqaro forum doirasidagi dizayner va ishlab chiqaruvchilar yutuqlari ko‘rgazmasini borib ko‘rdi.
© Sovet FederatsiiValentina Matviyenko: Moda i kreativnie industrii stali yeshyo odnim obyedinitelnim faktorom na prostranstve SNG
Valentina Matviyenko: Moda i kreativnie industrii stali yeshyo odnim obyedinitelnim faktorom na prostranstve SNG
© Sovet Federatsii
“Mamlakatlarimiz hamma narsani o‘zlari qila oladi – dizayndan tortib fuqarolarimiz zavq bilan kiyadigan kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar ishlab chiqarishgacha. Forumda allaqachon 16 ta shartnoma imzolangan va bu ish davom etmoqda. Bu biz bir-birimizni to‘ldirayotganimizni, yangi yondashuv va texnologiyalarni baham ko‘rishimizni anglatadi”, - dedi Matviyenko.
© Sovet FederatsiiValentina Matviyenko: Moda i kreativnie industrii stali yeshyo odnim obyedinitelnim faktorom na prostranstve SNG
Valentina Matviyenko: Moda i kreativnie industrii stali yeshyo odnim obyedinitelnim faktorom na prostranstve SNG
© Sovet Federatsii
Forumning yakuniy yig‘ilishi MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) shtab-kvartirasida o‘tkazildi.
© Ispolnitelniy komitet SNGForumning yakuniy yig‘ilishi MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) shtab-kvartirasida o‘tkazildi.
Forumning yakuniy yig‘ilishi MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) shtab-kvartirasida o‘tkazildi.
© Ispolnitelniy komitet SNG
Qayd etilishicha, MDH PA va Rossiya Federatsiya Kengashi tomonidan asosiy vazirlik va tashkilotlar ko‘magida tashkil etilgan forum yengil sanoat va kreativ industriyani rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlandi.
Moderatorlar sifatida Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Inna Svatenko va MDH PA Kengashi bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy ishtirok etdi.
Inna Svatenko o‘z so‘zida moda nafaqat mamlakatlarni birlashtiribgina qolmay, balki turizm rivojini rag‘batlantirishi va madaniy merosni ommalashtirishi mumkinligini ta’kidladi.
Forum davomida ishtirokchilar kasbga yo‘naltirish, yengil sanoat uchun kadrlar tayyorlash va kreativ yo‘nalishda ta’lim klasterlarini yaratish masalalarini muhokama qilishdi. Shuningdek, forum ishtirokchilari xalqaro hamkorlik va eksport masalalariga e’tibor qaratishdi.
Strategik tashabbuslar agentligi bosh direktori Svetlana Chupsheva 2023-yilga kelib Rossiya moda mahsulotlari eksportining 69 milliard rublgacha o‘sishi va rus brendlarining tashqi bozorlardagi muvaffaqiyati haqida gapirdi. Rossiya eksport markazi rahbari Veronika Nikishina MDHning Rossiya eksportining 80 foizi jo‘natilgan asosiy bozor sifatidagi ahamiyatini ta’kidladi.
"Tajikistan Fashion Week" asoschisi Tohir Ibragimov o‘z mamlakati yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, uch yil ichida 15 ta yirik investorni jalb qilishga va milliy dizaynerlarni xalqaro tarmoqlarga integratsiyalashga muvaffaq bo‘lingan.
© Ispolnitelniy komitet SNGForumning yakuniy yig‘ilishi MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) shtab-kvartirasida o‘tkazildi.
Forumning yakuniy yig‘ilishi MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) shtab-kvartirasida o‘tkazildi.
© Ispolnitelniy komitet SNG
“O‘zbekistonlik Dilbar Muhamedova dunyoning 80 ta davlatiga to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish haqida gapirib, MDH davlatlari bilan faol hamkorlikni ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
© Ispolnitelniy komitet SNGForumning yakuniy yig‘ilishi MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) shtab-kvartirasida o‘tkazildi.
Forumning yakuniy yig‘ilishi MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi (MDH PA) shtab-kvartirasida o‘tkazildi.
© Ispolnitelniy komitet SNG
Dmitriy Kobiskiy tadbir yakunlarini sarhisob qilar ekan, forum yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar MDH PA Kengashi majlisida taqdim etilishini ta’kidladi. Shuningdek, u ishtirokchilarni yakuniy rezolyutsiyaga kiritish uchun o‘z takliflarini bildirishga chaqirdi.