Ibrohim Valixo‘jayevning “Yangicha nigoh” ko‘rgazmasi – mavhumlik va uyg‘unlik olamiga sayohat
Ibrohim Valixo‘jayevning “Yangicha nigoh” ko‘rgazmasi – mavhumlik va uyg‘unlik olamiga sayohat
Sputnik O‘zbekiston
Ibrohim Valixo‘jayev o‘ziga xos uslubi bilan mashhur. Uning mavhum shakllarga urg‘u berilgan ko‘rgazmasi chinakam ilhom baxsh etadi. 21.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazma zalida O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiya akademigi va O‘zbekiston rassomlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixo‘jayevning "Yangicha nigoh" deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda."Yangicha nigoh" ko‘rgazmasi 3 metrdan 6 metrgacha bo‘lgan katta formatlarda bajarilgan konseptual yo‘nalishdagi 28 ta yangi asarni namoyish etmoqda. Ko‘rgazmaning markaziy asari "Farg‘ona cyuitasi" nomli 16 qismdan iborat monumental polotno bo‘lib, umumiy uzunligi 22 metrdan oshadi.Ushbu yangi asarlarda rassom odamlar va tabiat manzaralarining an’anaviy obrazlaridan voz kechib, abstrakt shakllar, tekstura va ranglarga e’tibor qaratgan. Uning kompozitsiyalari his-tuyg‘ular va g‘oyalarni ifodalaydi, yumshoq va iliq ranglar orqali totuvlik va tinchlik muhitini yaratadi.Ertaga, 22-noyabr kuni soat 16:00 da Markaziy ko‘rgazma zalida rassom bilan ijodiy uchrashuv o‘tkaziladi. Uchrashuv davomida tashrif buyuruvchilar uning asarlari haqida ko‘proq ma’lumot olish va qiziqtirgan savollarini berish imkoniga ega bo‘lishadi.Ko‘rgazma o‘z ishini 7-dekabrga qadar davom ettiradi.Rassom haqidaIbrohim Valixo‘jayev 1958-yilda Namanganda tug‘ilgan. U o‘zining professional badiiy ta’limini o‘zbek zamonaviy san’atining mashhur ustasi Rahim Ahmedovdan olgan.Valixo‘jayevning ijodi O‘zbekistonning kundalik hayoti bilan bog‘liq keng mavzularni qamrab oladi. Uning asarlarida zamondoshlar obrazlari, milliy tabiat manzaralari, an’analar va mamlakatning madaniy merosi aks ettirilgan. Sharq bozori rassomning ijodidagi asosiy mavzulardan biri bo‘lib, u yorqin manzaralar, naturmortlar, portretlar va janroviy sahnalar yaratish uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.Rassom doimiy ravishda yangi san’at ifoda shakllarini izlash va tajribalar o‘tkazishga intiluvchi ijodkor sifatida tanilgan. Uning asarlari uslubiy xilma-xillik va chuqur his-tuyg‘ular bilan ajralib turadi.Ijodiy faoliyatdan tashqari, Ibrohim Valixo‘jayev O‘zbekiston rassomlar uyushmasi raisi sifatida jamoat ishlarida ham faol ishtirok etadi.
Ibrohim Valixo‘jayev o‘ziga xos uslubi bilan mashhur. Uning mavhum shakllarga urg‘u berilgan ko‘rgazmasi chinakam ilhom baxsh etadi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazma zalida O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiya akademigi va O‘zbekiston rassomlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixo‘jayevning "Yangicha nigoh" deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
"Yangicha nigoh" ko‘rgazmasi 3 metrdan 6 metrgacha bo‘lgan katta formatlarda bajarilgan konseptual yo‘nalishdagi 28 ta yangi asarni namoyish etmoqda. Ko‘rgazmaning markaziy asari "Farg‘ona cyuitasi" nomli 16 qismdan iborat monumental polotno bo‘lib, umumiy uzunligi 22 metrdan oshadi.
Ushbu yangi asarlarda rassom odamlar va tabiat manzaralarining an’anaviy obrazlaridan voz kechib, abstrakt shakllar, tekstura va ranglarga e’tibor qaratgan. Uning kompozitsiyalari his-tuyg‘ular va g‘oyalarni ifodalaydi, yumshoq va iliq ranglar orqali totuvlik va tinchlik muhitini yaratadi.
Ertaga, 22-noyabr kuni soat 16:00 da Markaziy ko‘rgazma zalida rassom bilan ijodiy uchrashuv o‘tkaziladi. Uchrashuv davomida tashrif buyuruvchilar uning asarlari haqida ko‘proq ma’lumot olish va qiziqtirgan savollarini berish imkoniga ega bo‘lishadi.
Ko‘rgazma o‘z ishini 7-dekabrga qadar davom ettiradi.
Rassom haqida
Ibrohim Valixo‘jayev 1958-yilda Namanganda tug‘ilgan. U o‘zining professional badiiy ta’limini o‘zbek zamonaviy san’atining mashhur ustasi Rahim Ahmedovdan olgan.
Valixo‘jayevning ijodi O‘zbekistonning kundalik hayoti bilan bog‘liq keng mavzularni qamrab oladi. Uning asarlarida zamondoshlar obrazlari, milliy tabiat manzaralari, an’analar va mamlakatning madaniy merosi aks ettirilgan. Sharq bozori rassomning ijodidagi asosiy mavzulardan biri bo‘lib, u yorqin manzaralar, naturmortlar, portretlar va janroviy sahnalar yaratish uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Rassom doimiy ravishda yangi san’at ifoda shakllarini izlash va tajribalar o‘tkazishga intiluvchi ijodkor sifatida tanilgan. Uning asarlari uslubiy xilma-xillik va chuqur his-tuyg‘ular bilan ajralib turadi.
Ijodiy faoliyatdan tashqari, Ibrohim Valixo‘jayev O‘zbekiston rassomlar uyushmasi raisi sifatida jamoat ishlarida ham faol ishtirok etadi.