O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini Turkmanistonda namoyish etmoqda

Obuna bo‘lish
Turkmanistonda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ochildi.
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Turkmanistonda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi (SSP) matbuot xizmati.
Bugun Turkmanobod shahrida ikkinchi Turkmaniston-O‘zbekiston mintaqalararo forumi doirasida “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida O‘zbekiston SSP raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov, Turkmaniston SSP raisi Mergen Gurdov, vazirlik va idoralar rahbarlari, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
“O‘zbekiston milliy stendida mamlakatimizning turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan xalqaro standartlar va jahon bozorlari talabiga javob beradigan innovatsion yechimlar va yuqori sifatli mahsulotlar namoyish etildi”, — deyiladi xabarda.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasi qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm, shuningdek, avtomobilsozlik, kimyo, farmatsevtika, neft-gaz, to‘qimachilik, ipakchilik, charm-poyabzal va oziq-ovqat sanoati kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan.
© Torgovo-promishlennaya palata Uzbekistana
Vistavka Made in Uzbekistan v Turkmenistane - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© Torgovo-promishlennaya palata Uzbekistana
Vistavka Made in Uzbekistan v Turkmenistane - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© Torgovo-promishlennaya palata Uzbekistana
Vistavka Made in Uzbekistan v Turkmenistane - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© Torgovo-promishlennaya palata Uzbekistana
Vistavka Made in Uzbekistan v Turkmenistane - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© Torgovo-promishlennaya palata Uzbekistana
Vistavka Made in Uzbekistan v Turkmenistane - Sputnik O‘zbekiston
5/5
Qayd etilishicha, “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator muvaffaqiyatli tadbirlarni davom ettirishda muhim qadam bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0