https://oz.sputniknews.uz/20241120/eik-eron-hamkorlik-rejalar-46704881.html
Eron YeOII bilan hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor — YeIK
Eron YeOII bilan hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor — YeIK
Sputnik O‘zbekiston
YeIK va Eron hamkorlik rejalarini muhokama qildi. 20.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-20T14:13+0500
2024-11-20T14:13+0500
2024-11-20T14:13+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeik
yeoii
eron
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1b/44559108_0:168:3043:1880_1920x0_80_0_0_6573b6d469d7a2724dd3d3c2746d3fdc.jpg
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Eron hamkorlik rejalarini muhokama qildi, deya xabar berdi komissiya matbuot xizmati. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Eldar Alisherov Eron Tashqi ishlar vazirligi Ko‘p tomonlama va xalqaro iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi bosh direktori boshchiligidagi Eron Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi. YeIK vaziri eronlik hamkorlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari tomonidan Eronning YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olish haqidagi arizasini ko‘rib chiqish jarayoni haqida ma’lumot berdi. Bu masala bo‘yicha yakuniy qaror Ittifoq davlat rahbarlari tomonidan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida qabul qilinishini ta’kidladi. Eron delegatsiyasi rahbari YeOII va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning yuqori darajasini ta’kidladi va uni, birinchi navbatda, energetika va transport sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini aytdi. Eldar Alisherov YeIK va Eron o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdorligini bildirdi. Shuningdek, u YeOIIda kuzatuvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Eron vakili YeIK vazirini 2025-yilda Tehronga tashrif buyurishni taklif qildi. U Eron ishbilarmon doiralarining Yevroosiyo kun tartibi, shuningdek, xorijiy biznes uchun ochilayotgan imkoniyatlar haqida xabardorligini oshirish uchun YeOII taqdimotini o‘tkazishni taklif qildi. Ushbu tashabbus YeOII mamlakatlari va eronlik hamkorlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va tijorat aloqalarini kengaytirishga qaratilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20241012/eoii-va-eron-erkin-savdo-shartnomasi-46098355.html
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1b/44559108_157:0:2888:2048_1920x0_80_0_0_d76d9213b98e8cc967a08522abcaa756.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeik, yeoii, eron, hamkorlik
yeik, yeoii, eron, hamkorlik
Eron YeOII bilan hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor — YeIK
YeIK va Eron hamkorlik rejalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Eron hamkorlik rejalarini muhokama qildi, deya xabar berdi komissiya
matbuot xizmati. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Eldar Alisherov Eron Tashqi ishlar vazirligi Ko‘p tomonlama va xalqaro iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi bosh direktori boshchiligidagi Eron Islom Respublikasi delegatsiyasi bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.
YeIK vaziri eronlik hamkorlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari tomonidan Eronning YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olish haqidagi arizasini ko‘rib chiqish jarayoni haqida ma’lumot berdi. Bu masala bo‘yicha yakuniy qaror Ittifoq davlat rahbarlari tomonidan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida qabul qilinishini ta’kidladi.
Eron delegatsiyasi rahbari YeOII va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning yuqori darajasini ta’kidladi va uni, birinchi navbatda, energetika va transport sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini aytdi.
Eldar Alisherov YeIK va Eron o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdorligini bildirdi. Shuningdek, u YeOIIda kuzatuvchi davlatlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Eron vakili YeIK vazirini 2025-yilda Tehronga tashrif buyurishni taklif qildi. U Eron ishbilarmon doiralarining Yevroosiyo kun tartibi, shuningdek, xorijiy biznes uchun ochilayotgan imkoniyatlar haqida xabardorligini oshirish uchun YeOII taqdimotini o‘tkazishni taklif qildi. Ushbu tashabbus YeOII mamlakatlari va eronlik hamkorlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va tijorat aloqalarini kengaytirishga qaratilgan.