Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
 Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2024
Obuna bo‘lish
Peskov: Maxsus harbiy operatsiya Rossiya o‘z maqsadlariga erishganida tugaydi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Maxsus harbiy operatsiya Rossiya o‘z maqsadlariga erishganida tugaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Hindiston va Rossiya ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar: Hindiston va Rossiya xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash” nomli uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Bu qachon tugashi mumkin, qachon yakuniga yetadi degan savolga javob berishning iloji yo‘q deb o‘ylayman. Ammo men sizga ayta oladigan yagona narsa shuki, biz maqsadlarimizga erishganimizdan so‘ng bu nihoyasiga yetadi”, — dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga erishish uchun hamma narsani qilmoqda.
"Siz Vashington ma’muriyatining bizning mamlakatimizga qarshi uzoq masofali aniq raketalarni ishlatishga ruxsat bergani haqidagi hikoyani bilasiz. Shuning uchun biz o‘z maqsadlarimizga (maxsus harbiy operatsiya – tahr.) tezroq erishish uchun zarur bo‘lgan barcha ishni qilyapmiz”, — deya aniqlik kiritdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
Vizit prezidenta Vladimira Putina v Kazaxstan dlya uchastiya v sammite ShOS. Den vtoroy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2024
Putin yadro qurolidan foydalanish tartibiga oid hujjatni imzoladi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0