Rossiya prezidenti Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishVladmir Putin
Vladmir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2024
Obuna bo‘lish
San’atkorlar ikki mamlakat madaniyatini yaqinlashtirish va o‘zaro boyitish yo‘lidagi samarali mehnatlari uchun Rossiya mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston san’atkorlarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga muvofiq, “Yalla” ansambli badiiy rahbari Farrux Zokirov va “O‘zbekkonsert” artisti Sevara Nazarxonova “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi rahbari ularning “Rossiya va O‘zbekiston madaniyatlarini yaqinlashtirish va o‘zaro boyitish borasidagi samarali faoliyatini” qayd etdi.
Bundan tashqari, madaniyat va musiqa san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi uchun Rossiya Federatsiyasining xizmat ko‘rsatgan artisti unvoni chechen vokalisti Murod Baykayevga, A.Shaxbulatov nomidagi Checheniston davlat filarmoniyasi solistiga berildi.
“Do‘stlik” ordeni 1994-yil ta’sis etilgan. U Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi.
Yangiliklar lentasi
0