O‘zbekistonlik sablyachilar jahon kubogida oltin medalga ega chiqishdi
O‘zbekistonlik sablyachilar jahon kubogida oltin medalga ega chiqishdi
Sputnik O‘zbekiston
Jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda yigitlar finalda Qozog‘iston, qizlar esa Bolgariyani mag‘lub etib, oltin medallarga sazovor bo‘lishdi. 18.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik sablyachilar jahon kubogi bosqichining barcha dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.Toshkentda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon kubogining navbatdagi bosqichi nihoyasiga yetdi. Unda barcha dasturlar o‘zbekistonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.Jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda yigitlar finalda Qozog‘iston, qizlar esa Bolgariyani mag‘lub etib, oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islombek Abdazov hamda Zuhriddin Qodirov o‘rtasidagi final ham murosasiz kechdi. Yakunda Abdazov 15:14 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi. Shuningdek, jamoa a’zosi Fernanda Errera ham jahon kubogida oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda yigitlar finalda Qozog‘iston, qizlar esa Bolgariyani mag‘lub etib, oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik sablyachilar jahon kubogi bosqichining barcha dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Toshkentda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon kubogining navbatdagi bosqichi nihoyasiga yetdi. Unda barcha dasturlar o‘zbekistonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda yigitlar finalda Qozog‘iston, qizlar esa Bolgariyani mag‘lub etib, oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islombek Abdazov hamda Zuhriddin Qodirov o‘rtasidagi final ham murosasiz kechdi. Yakunda Abdazov 15:14 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi. Shuningdek, jamoa a’zosi Fernanda Errera ham jahon kubogida oltin medalga sazovor bo‘ldi.