Bo‘sh ish o‘rinlari: Rossiya kompaniyasi o‘zbekistonliklarni qurilish sohasida ishga taklif qildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRabochiy kladet kirpich
Rabochiy kladet kirpich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2024
Obuna bo‘lish
Primorsk o‘lkasidagi qurilish obyektlarida bir nechta mutaxassisliklar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari borligi aytildi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda qurilish sohasida ishga taklif qilmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Primorsk o‘lkasidagi yirik qurilish korxonalaridan biri – "Yav-Stroy" MChJ direktori o‘rinbosari Valeriy Vichujanin bilan muzokara o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston fuqarolarini ushbu korxonadagi bo‘sh ish o‘rinlariga qonuniy tarzda ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Valeriy Vichujanin o‘z so‘zida hozirda korxona tomonidan Primorsk o‘lkasidagi "Semya", "Andersen", "Vesna" va "Izumrudniy" kabi turar-joy majmualari qurilayotganini aytdi.
Ushbu qurilish obyektlarida bir nechta mutaxassisliklar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari bor va kompaniya O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ishga qabul qilishga tayyor.
“Tomonlar mehnat migratsiyasi sohasidagi birgalikdagi ishlarni tez fursatlarda boshlashga kelishib oldilar”, — deyiladi xabarda.
Sendvich paneli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2024
Rossiya kompaniyasi o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarishda ishga jalb qilmoqchi
Yangiliklar lentasi
0