Iqlim o‘zgarishi: Narbayeva Bokudagi forumda qanday takliflarni ilgari surdi?

© Senat Oliy MajlisaChleni parlamenta Uzbekistana prinyali uchastie v Konferensii OON po izmeneniyu klimata v Baku
Chleni parlamenta Uzbekistana prinyali uchastie v Konferensii OON po izmeneniyu klimata v Baku
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2024
Obuna bo‘lish
Forum ishtirokchilari iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq muammolarni hal etish va ularga moslashuv jarayonlarini moliyalashtirish masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Bokuda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi ishtirok etmoqda, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
Konferensiya doirasida iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq muammolarni hal etish va ularga moslashuv jarayonlarini moliyalashtirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan qator forumlar tashkil etilmoqda.
© Senat Oliy MajlisaChleni parlamenta Uzbekistana prinyali uchastie v Konferensii OON po izmeneniyu klimata v Baku
Chleni parlamenta Uzbekistana prinyali uchastie v Konferensii OON po izmeneniyu klimata v Baku
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2024
Chleni parlamenta Uzbekistana prinyali uchastie v Konferensii OON po izmeneniyu klimata v Baku
“Forumda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish va yangi tashabbuslarni amaliyotga keng joriy etishda parlamentlar darajasida hamkorlik keng istiqbolga ega ekanligi e’tirof etildi. O‘z navbatida, hozirgi tahlikali va global ekologik muammolar avj olayotgan zamonda ushbu vazifalarni amalga oshirishda Parlamentlararo ittifoqning o‘rni va ahamiyati nihoyatda ortib borayotgani qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
© Senat Oliy MajlisaChleni parlamenta Uzbekistana prinyali uchastie v Konferensii OON po izmeneniyu klimata v Baku
Chleni parlamenta Uzbekistana prinyali uchastie v Konferensii OON po izmeneniyu klimata v Baku
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2024
Chleni parlamenta Uzbekistana prinyali uchastie v Konferensii OON po izmeneniyu klimata v Baku
Narbayeva bu yo‘nalishda quyidagilarni amalga oshirish kerakligini qayd etib o‘tdi:
barcha parlamentlar qonunchilik sohasida o‘zaro tajriba almashish;
parlamentlarning ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, yoshlar parlamentlari o‘rtasida muntazam hamkorligini ta’minlash;
birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish;
ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va hukumatlarga taqdim etish amaliyotini keng joriy etish.
Yangiliklar lentasi
0