Samarqandda MDH davlatlari Yoshlar simfonik orkestrining katta konserti bo‘lib o‘tdi
19:04 16.11.2024 (yangilandi: 19:05 16.11.2024)
© SputnikProgramma "Samarkand – kulturnaya stolitsa Sodrujestva" zavershilas bolshim konsertom Molodejnogo simfonicheskogo orkestra SNG
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
MDH Yoshlar simfonik orkestrining ikki soatlik konserti yakunlangach, samarqandliklar taniqli maestrolar va yosh musiqachilar bilan muloqot qilishdi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. “Samarqand – Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti” dasturi MDH davlatlarining Yoshlar simfonik orkestrining katta konserti bilan yakunlandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Joriy yil davomida Samarqand MDHning madaniy poytaxti maqomini faxr bilan egallab, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamladi. Shaharda anjumanlar, forumlar, konsertlar, teatr uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, ularda MDH davlatlaridan kelgan ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashishdi, yutuqlari bilan o‘rtoqlashishdi.
© SputnikProgramma "Samarkand – kulturnaya stolitsa Sodrujestva" zavershilas bolshim konsertom Molodejnogo simfonicheskogo orkestra SNG
Programma "Samarkand – kulturnaya stolitsa Sodrujestva" zavershilas bolshim konsertom Molodejnogo simfonicheskogo orkestra SNG

Boy tajriba to‘plagan va boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan yaqin madaniy aloqalarni o‘rnatgan Samarqand yakuniy bosqich – MDH madaniy poytaxti estafetasini keyingi shaharga topshirishga kirishdi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan bayram tadbiri Samarqand shahri MDHning madaniy poytaxti sifatida rasman o‘z huquqlarini qabul qilgan joyda – viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilganlar oldida so‘zga chiqqan Madaniyat vazirligi, viloyat va shahar hokimliklari vakillari Davlatlararo dastur Samarqand madaniy hayotiga yangi ranglar olib kirib, undagi bo‘shliqlarni to‘ldirganini ta’kidladilar.
© SputnikProgramma "Samarkand – kulturnaya stolitsa Sodrujestva" zavershilas bolshim konsertom Molodejnogo simfonicheskogo orkestra SNG
Programma "Samarkand – kulturnaya stolitsa Sodrujestva" zavershilas bolshim konsertom Molodejnogo simfonicheskogo orkestra SNG
© Sputnik
Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng, ya’ni Ozarbayjon prezidentining Lochindagi maxsus vakili Masim Mamedovga Hamdo‘stlik madaniy poytaxti estafetasi topshirilganidan so‘ng, teatr sahnasiga Rossiya xalq artisti Sergey Skripka boshchiligidagi MDH davlatlarining Yoshlar simfonik orkestri kirib keldi.
Dirijorlik stendida Rossiya davlat simfonik kinematografiya orkestrining badiiy rahbari Sergey Ivanovich Skripkaning o‘zi, xalqaro tanlovlar laureati Konstantin Naumenko (Moskva), Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rasul Klichev va Samarqand viloyati musiqali drama teatri bosh dirijori O‘ktam Tilavov kabi taniqli maestrolar navbatma-navbat qatnashishdi.
© SputnikProgramma "Samarkand – kulturnaya stolitsa Sodrujestva" zavershilas bolshim konsertom Molodejnogo simfonicheskogo orkestra SNG
Programma "Samarkand – kulturnaya stolitsa Sodrujestva" zavershilas bolshim konsertom Molodejnogo simfonicheskogo orkestra SNG
© Sputnik
Ularning rahbarligida orkestr klassik pyesa va filmlardan mashhur kompozitsiyalarni ijro etdi va ular tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Ayniqsa, bastakor Rumil Vildanovning sovet o‘zbek filmi “Olovli yo‘llar” kuyining ijrosi tomoshabinlarni xushnud etdi.
© SputnikProgramma "Samarkand – kulturnaya stolitsa Sodrujestva" zavershilas bolshim konsertom Molodejnogo simfonicheskogo orkestra SNG
Programma "Samarkand – kulturnaya stolitsa Sodrujestva" zavershilas bolshim konsertom Molodejnogo simfonicheskogo orkestra SNG
© Sputnik
“Men milliy, o‘zbek musiqasini yaxshi ko‘raman va bizda mavjud bo‘lgan merosni asrab-avaylashimiz kerak, deb hisoblayman. “Olovli yo‘llar” bejizga tanlanmadi. Bu asar men uchun shaxsiy ma’noga ega. Qaynotam (asli toshkentlik) kuyovi boshqa millatga mansubligidan avvaliga xursand bo‘lmagan, lekin “Olovli yo‘llar”da dirijorlik qilganimni ko‘rgach, meni hammaga g‘urur bilan tanishtira boshlagan”, — dedi Sergey Ivanovich Skripka.
MDH Yoshlar simfonik orkestrining ikki soatlik konserti yakunlangach, samarqandliklar taniqli maestrolar va yosh musiqachilar bilan muloqot qilishdi.