O‘zbekiston Xitoy tabobatini o‘rganmoqda

© MinZdrav UzbekistanaV Uzbekistane izuchayut primenenie kitayskoy meditsini
V Uzbekistane izuchayut primenenie kitayskoy meditsini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2024
Obuna bo‘lish
Xitoy tabobatidan reabilitatsiya maqsadlarida foydalanish ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘z faoliyatida Xitoy tibbiyoti va tabobati an’analaridan ham oqilona foydalanishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ushbu maqsadda muassasa Xitoyning Yanchjou universiteti bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda, Ushbu yilning oktabr oyida muassasada xitoylik mutaxassislar bilan birgalikda “An’anaviy xitoy tibbiyot terapiyasi” mavzusidagi o‘quv-kurslari tashkil etildi. Bugun uni tamomlagan 40 nafar tinglovchiga xalqaro darajadagi sertifikatlar topshirildi.
© MinZdrav UzbekistanaV Uzbekistane izuchayut primenenie kitayskoy meditsini
V Uzbekistane izuchayut primenenie kitayskoy meditsini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2024
V Uzbekistane izuchayut primenenie kitayskoy meditsini
Sertifkatlarni topshirish marosimida sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Farrux Sharipov, Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatdagi elchisi Yuy Szun, Yanchjou universiteti va Xay’an an’anaviy xitoy tabobati shifoxonasi rahbariyati hamda markaz vakillari ishtirok etishdi.
Xitoy tabobati bir necha ming yillik qadimiy tarixga ega. Chin yurtida qo‘llanilayotgan ko‘plab muolaja va profiliktika usullari samaradorligi allaqachon amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan va dunyo bo‘ylab e’tirof etiladi.
© MinZdrav UzbekistanaV Uzbekistane izuchayut primenenie kitayskoy meditsini
V Uzbekistane izuchayut primenenie kitayskoy meditsini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2024
V Uzbekistane izuchayut primenenie kitayskoy meditsini
Yangiliklar lentasi
0