Bu yil qishda iste’molchilarga 21 mlrd kub metr gaz yetkazib beriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po rannemu viavleniyu i effektivnomu lecheniyu zabolevaniy.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po rannemu viavleniyu i effektivnomu lecheniyu zabolevaniy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2024
Obuna bo‘lish
Prezident huzurida kuz-qish mavsumida gaz ta’minotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda kelayotgan kuz-qish mavsumida aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Xususan, bu yilgi qish mavsumida iste’molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib berish hisob-kitob qilingani ta’kidlandi. Shuningdek, havo keskin sovib ketganda gaz iste’moli oshishi ham qayd etildi.
Ijtimoiy muassasalar va korxonalarni energiya bilan uzluksiz ta’minlash uchun alohida zaxira inobatga olingan. Tabiiy gazni issiqlik elektr stansiyalari, kimyo va metallurgiya korxonalari, gaz quyish shoxobchalariga manzilli yetkazish bo‘yicha tizim tashkil etilgan.
Shuningdek, tarmoqlarda gaz hisobi va nazorati bo‘yicha yo‘qotishlarni yanada kamaytirish mumkinligi ta’kidlandi.

Andijon, Navoiy va Toshkent viloyatlarida gazni tejash bo‘yicha aniqlangan imkoniyatlarni boshqa hududlarda ham amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.
Predpriyatie OOO RN-Purneftegaz v Yamalo-Neneskom avtonomnom okruge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2024
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib bermoqda — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0