Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya hech qachon Ukraina bilan muzokaralardan bosh tortmagan — Lavrov

© Sputnik / Kristina KormilisinaMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov na VI zasedanii moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov na VI zasedanii moskovskogo formata konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2024
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vaziri: Rossiya hech qachon Ukraina bo‘yicha muzokaralardan bosh tortmagan.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Rossiya hech qachon Ukraina bo‘yicha muzokaralardan bosh tortmagan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Marina Kim bilan "Yangi dunyo" loyihasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva kelishuv bo‘yicha qaror Vladimir Zelenskiy tomonidan qabul qilinmasligiga ishonsa ham, Rossiya hech qachon Ukraina bo‘yicha muzokaralardan bosh tortmagan, ammo Kiyevda muloqot boshlash uchun ular Rossiya Federatsiyasi bilan muzokaralarni taqiqlovchi farmonni bekor qilishlari kerak.

“Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin biz hech qachon muzokaralardan bosh tortmaganimizni bir necha bor aytdi. Zelenskiy qaror qabul qilmasligi aniq, lekin agar ular bizni muzokaraga chaqirsa va hamma narsani ostin-ustun qilishga urinib, muzokaralarni Ukraina xohlaydi, lekin Rossiya esa rad rad etadi deyishsa: Putin bir necha bor aytdi, unga (Zelenskiy) hech bo‘lmaganda ikki yil avval Putin hukumati bilan muzokaralar o‘tkazishni taqiqlovchi farmonni bekor qilsin”, — dedi Lavrov.

Shuningdek, Lavrov Ukrainadagi saylovlar qonuniylik masalasini hal qiladimi, degan savolga javob berdi.

“Saylovlar turli yo‘llar bilan tashkil etilishi mumkin, siz Moldovada saylovlar qanday tashkil etilganini ko‘rdingiz. Muayan saylov jarayonining qonuniyligini faqat uning bo‘lib o‘tganini tushunib, qanday tashkil etilganini ko‘rganimizdagina baholay olamiz”, — deya aniqlik kiritdi Rossiya TIV rahbari.

Avvalroq xorijiy OAVlar Ukrainada saylovlar 2025-yilning 25-mayida bo‘lib o‘tishi mumkinligini yozgandi. Vladimir Zelenskiyning vakolat muddati 20-may kuni yakuniga yetgan. Ukrainada 2024-yilgi prezidentlik saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab bekor qilindi. Zelenskiyning o‘zi saylovlar endi “bevaqt” ekanini aytdi.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Mejdunarodnogo diskussionnogo kluba Valday - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2024
Kelishuv, Ukraina, Tramp — Putinning "Valday"dagi nutqidan asosiy fikrlar
Yangiliklar lentasi
0