Yashil energiya: O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston yetakchilari yangi loyihaga start berishdi
15:03 13.11.2024 (yangilandi: 15:22 13.11.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaLideri Uzbekistana, Azerbaydjana i Kazaxstana dali start proyektu razvitiya i peredachi "zelenoy" energii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida "yashil" energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida bitim imzolandi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbarlari "yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish loyihasiga start berishdi, deya xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida "yashil" energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaLideri Uzbekistana, Azerbaydjana i Kazaxstana dali start proyektu razvitiya i peredachi "zelenoy" energii
Lideri Uzbekistana, Azerbaydjana i Kazaxstana dali start proyektu razvitiya i peredachi "zelenoy" energii
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qayta tiklanuvchi energiya iqtisodiy maqsad emas, balki kelajakka qo‘shilayotgan hissa, kelgusi avlodlar oldidagi mas’uliyat tuyg‘usining natijasi ekanligini ta’kidladi.
“Uzatiladigan energiya bu shamol va quyosh energiyasi bo‘lib, qayta tiklanadigan va toza manba hisoblanadi hamda iqlimga ta’sirni yumshatish imkonini beradi. Shunday qilib, biz Parij kelishuvi doirasida iqlimni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Aytilishicha, o‘n minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi, energetika infratuzilmasi rivojlanadi, texnologik va ishbilarmonlik aloqalari kengayadi. Eng muhimi, aholi turmush darajasi oshadi.
Loyihani amalga oshirishni jadallashtirish, jumladan, qo‘shma korxona tashkil etish, texnik hujjatlarni ishlab chiqish va kelishish va boshqa tartib-taomillarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi. O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiyaning katta zaxiralariga ega bo‘lib, global energetik o‘zgarishlarga salmoqli hissa qo‘shishi mumkinligi ta’kidlandi. O‘zbekistonda har yili 2 gigavattga yaqin quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirilmoqda. Bundan tashqari, joriy yil oxirigacha tarmoqqa qo‘shimcha 2,6 gigavatt qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish quvvatlari va 300 megavattli energiya saqlash tizimlari ulanadi.
2030 yilga kelib qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 40 foizga yetkazish, shuningdek, 4,2 gigavattlik energiya saqlash tizimlarini yaratish rejalashtirilgan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalari ko‘plab masalalarda, jumladan, "yashil" energetikani rivojlantirishda ham bir vaqtda harakat qilmoqda.
“Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlayapmiz va yashil energiya sohasida faol hamkorlik qilamiz. Biz imzolagan bugungi shartnoma Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalari o‘rtasida hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi, deb ham aytgan bo‘lardim. Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab elektr kabeli qurilishi nafaqat uch davlatimiz o‘rtasidagi hamkorlik, balki keng ko‘lamdagi hamkorlikdir”, — dedi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev.
© Ofitsialniy sayt prezidenta Azerbaydjanskoy respublikiV Baku sostoyalas trexstoronnyaya vstrecha prezidentov Azerbaydjana, Kazaxstana i Uzbekistana
V Baku sostoyalas trexstoronnyaya vstrecha prezidentov Azerbaydjana, Kazaxstana i Uzbekistana
© Ofitsialniy sayt prezidenta Azerbaydjanskoy respubliki
“Strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqalarini rivojlantirishda uch tomonlama hamkorlikning muhim bosqichidir. Hujjat davlatlarimiz energetika tizimlarini integratsiyalashuvi, shuningdek, Yevropa va boshqa bozorlarga ekologik toza energiya yetkazib berish bo‘yicha ishonchli yo‘laklarni yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochadi”, — dedi Qozog‘iston perziyednti Qasim-Jomart Toqayev.
© Ofitsialniy sayt prezidenta Azerbaydjanskoy respublikiV Baku sostoyalas trexstoronnyaya vstrecha prezidentov Azerbaydjana, Kazaxstana i Uzbekistana
V Baku sostoyalas trexstoronnyaya vstrecha prezidentov Azerbaydjana, Kazaxstana i Uzbekistana
© Ofitsialniy sayt prezidenta Azerbaydjanskoy respubliki
Shuningdek, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston va Saudiya Arabistoni energetika vazirlari yashil energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida hamkorlik bo‘yicha Ijroiya dasturini imzoladi.