Somon suvoq, yog‘och, ayvon va so‘ri: Mirziyoyev Bokudagi O‘zbekiston paviloni bilan tanishdi
18:12 13.11.2024 (yangilandi: 16:22 14.11.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana posetil Natsionalniy pavilon na COP-29
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Pavilon O‘zbekistonning noyob madaniy merosi hamda ekologiya va iqlim masalalariga barqaror yondashuvlarini namoyish etishga mo‘ljallangan.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida o‘tayotgan BMTning Butunjahon iqlim sammitida (COP29) tashkil etilgan O‘zbekiston Milliy paviloni bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbariga pavilonning g‘oyasi va unda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana posetil Natsionalniy pavilon na COP-29
Prezident Uzbekistana posetil Natsionalniy pavilon na COP-29
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Pavilon O‘zbekistonning noyob madaniy merosi hamda ekologiya va iqlim masalalariga barqaror yondashuvlarini namoyish etishga mo‘ljallangan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana posetil Natsionalniy pavilon na COP-29
Prezident Uzbekistana posetil Natsionalniy pavilon na COP-29
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Uning "Ichki barqarorlik" deb nomlangan me’moriy konsepsiyasi insonning tabiat bilan uyg‘unligini va oilaviy qadriyatlarni ifodalovchi an’anaviy o‘zbek hovlisiga asoslangan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana posetil Natsionalniy pavilon na COP-29
Prezident Uzbekistana posetil Natsionalniy pavilon na COP-29
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Somon suvoq va yog‘och kabi ekologik, an’anaviy materiallardan foydalanib, azaldan o‘zbek xonadonining ajralmas qismi bo‘lmish ayvon va so‘ridan ilhomlanib bunyod etilgan pavilon uyg‘un makon hosil qiladi. Birgalikda ushbu me’moriy yechimlar qulay mikroiqlimni ta’minlaydi, shinam muhit yaratadi va barqaror kelajak haqidagi g‘amxo‘rlikni aks ettiradi”, — deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana posetil Natsionalniy pavilon na COP-29
Prezident Uzbekistana posetil Natsionalniy pavilon na COP-29
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Sammit kunlarida bu yerda Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy-ekologik muammolarini hal etish, "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda bioxilma-xillikni asrashga bag‘ishlangan 20 dan ortiq qo‘shimcha tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.