Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeIK: Yevroosiyo turistik yo‘nalishlar xaritasi ishlab chiqildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2024
Obuna bo‘lish
YeOIIda qo‘shma Yevroosiyo turistik yo‘nalishlari xaritalari ishlab chiqildi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari taklifi asosida tuzilgan turistik marshrutlar xaritasi 419 ta turistik obyektni o‘z ichiga oladi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
YeIK hay’ati Ittifoq mamlakatlariga turizm sohasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish uchun Yevroosiyo qo‘shma turistik yo‘nalishlari xaritalarini hisobga olishni tavsiya qildi.
Xaritalar ishtirokchi davlatlarning takliflari asosida tuzilgan bo‘lib, unda Yevroosiyoning 419 ta turistik obyekt, 38 ta yo‘nalishlar va tashish usullari haqida ma’lumotlar mavjud.
YeIK biznesni rivojlantirish departamenti direktori Yernar Bakenovning so‘zlariga ko‘ra, marshrut xaritalari sayyohlarga YeOII mamlakatlariga sayohatlarini oson va qulay rejalashtirish imkonini beradi, shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va turistlar oqimini ko‘paytirishga yordam beradi.
“YeOIIda turizmni rivojlantirish katta salohiyatga ega. Ishtirokchi mamlakatlar boy madaniy-tarixiy merosga, noyob tabiiy obidalarga ega. Bizning tavsiyamiz YeOII mamlakatlarida turizmni rivojlantirish, sayohat qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratish va turizm xizmatlari bozorlarini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni birlashtirish imkonini beradi”, — dedi direktor.
YeIK hay’ati tavsiyasida xaritalar turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha ish olib borishda hisobga olinishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, mamlakatlar xaritalarni keyinchalik yangilash bo‘yicha takliflar kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Korova so svoim telenkom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlarida chorvachilikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Yangiliklar lentasi
0