https://oz.sputniknews.uz/20241113/baa-ozbekiston-1000-megavatt-shamol-elektr-stantsiya-46598101.html
BAA Navoiyda 1000 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasini quradi
BAA Navoiyda 1000 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasini quradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Energetika vazirligi va BAAning “Masdar” kompaniyasi o‘rtasida Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
2024-11-13T13:08+0500
2024-11-13T13:08+0500
2024-11-13T13:08+0500
iqtisod
o‘zbekiston
baa
shamol elektr stansiyasi
navoiy viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0d/46592705_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_aab0604ce5185d32d907ade36e995a67.jpg
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ning “Masdar” kompaniyasi O‘zbekistonda 1000 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasini quradi, deya xabar berdi Energetika vazirligi. Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP-29 anjumani doirasida O‘zbekiston Energetika vazirligi va BAAning “Masdar” kompaniyasi o‘rtasida Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Mazkur elektr stansiya qurilish jarayonida 600-800 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihani amalga oshirish natijasida yiliga 3,5 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasini ishlab chiqarish, 1 mlrd kub metr tabiiy gaz zaxiralari tejaladi. Aytilishicha, BAAning “Uch baravar ko‘p qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish” tashabbusi bilan birgalikda, O‘zbekiston ham dunyo miqyosida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga qaratilgan harakatlarga qo‘shiladi. O‘zbekiston, o‘z navbatida, Parij shartnomasi maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi va qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi global hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan. Ma’lumot uchun, BAA kompaniyasi O‘zbekistonning ishonchli va strategik hamkorlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya bilan umumiy quvvati 1497 MVtga teng bo‘lgan loyihalar – Zarafshon shamol elektr stansiyasi (500 MVt) va Karmana (100 MVt), G‘allaorol (220 MVt), Kattaqo‘rg‘on(220 MVt) va Sherobod (457 MVt) tumanlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilgan hamda Olot (250 MVt), G‘uzor (300 MVt) kabi yirik loyihalar doirasida ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda ushbu elektr stansiyalar O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiya sohacini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.
o‘zbekiston
baa
navoiy viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0d/46592705_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_920165e8a5765270a881dc8f3f3ef42e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
cop-29 anjuman o‘zbekiston energetika vazirligi baaning “masdar” kompaniyasi navoiy viloyati uchquduq tumani quvvati 1000 mvt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi
cop-29 anjuman o‘zbekiston energetika vazirligi baaning “masdar” kompaniyasi navoiy viloyati uchquduq tumani quvvati 1000 mvt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi
BAA Navoiyda 1000 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasini quradi
Shamol elektr stansiyasi Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida quriladi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ning “Masdar” kompaniyasi O‘zbekistonda 1000 megavatt quvvatli shamol elektr stansiyasini quradi, deya xabar berdi
Energetika vazirligi. Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan COP-29 anjumani doirasida O‘zbekiston Energetika vazirligi va BAAning “Masdar” kompaniyasi o‘rtasida Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Mazkur elektr stansiya qurilish jarayonida 600-800 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihani amalga oshirish natijasida yiliga 3,5 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasini ishlab chiqarish, 1 mlrd kub metr tabiiy gaz zaxiralari tejaladi.
“Ushbu loyiha O‘zbekiston uchun nafaqat iqtisodiy foyda, balki atrof-muhit himoyasi uchun ham katta ahamiyatga ega. Mazkur shamol elektr stansiyasini qurish orqali atmosferaga chiqariladigan chiqindilarni yiliga 1,4 mln tonnaga kamaytirishga erishiladi. Ushbu shamol elektr stansiyasi hamkorlikning yangi bosqichi bo‘lib, u O‘zbekistonga energetika xavfsizligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyatini beradi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Aytilishicha, BAAning “Uch baravar ko‘p qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish” tashabbusi bilan birgalikda, O‘zbekiston ham dunyo miqyosida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga qaratilgan harakatlarga qo‘shiladi.
O‘zbekiston, o‘z navbatida, Parij shartnomasi maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi va qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi global hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan.
Ma’lumot uchun, BAA kompaniyasi O‘zbekistonning ishonchli va strategik hamkorlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya bilan umumiy quvvati 1497 MVtga teng bo‘lgan loyihalar – Zarafshon shamol elektr stansiyasi (500 MVt) va Karmana (100 MVt), G‘allaorol (220 MVt), Kattaqo‘rg‘on(220 MVt) va Sherobod (457 MVt) tumanlaridagi quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilgan hamda Olot (250 MVt), G‘uzor (300 MVt) kabi yirik loyihalar doirasida ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda ushbu elektr stansiyalar O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiya sohacini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.