Shavkat Mirziyoyev Bokuda: prezident qanday tadbirlarda ishtirok etadi?

© AP Photo / Sergei GritsObshiy vid goroda s neboskrebami Flame Towers na zadnem plane v Baku
Obshiy vid goroda s neboskrebami Flame Towers na zadnem plane v Baku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2024
Obuna bo‘lish
Prezident xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbekiston yetakchisi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida ishtirok etadi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

“Mamlakatimiz prezidenti, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi”, — deyiladi xabarda.

COP29 doirasida delegatsiya tomonidan yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llanishga qarshi kurashish, ekologik ta’limni rivojlantirish hamda iqlim kun tartibini ilgari surishda yoshlarning o‘rniga bag‘ishlangan yuqori darajadagi tadbirlar o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasining maxsus tashkil etilgan milliy pavilonida Orolbo‘yi mintaqasining ijtimoiy-ekologik muammolarini hal etish, "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya va suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bioxilma-xillikni asrash va boshqa yo‘nalishlarda 20 tadan ortiq qo‘shimcha tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Boku shahrida bo‘lib turibdi. Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Yangiliklar lentasi
0