O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari birgalikda o‘quv mashg‘ulot boshlashdi
Obuna bo‘lish
“Xanjar-2024” hamkorlikdagi O‘zbekiston-Qozog‘iston o‘quv mashg‘uloti boshlandi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Markaziy harbiy okrugda joylashgan “Forish” tog‘ poligonida O‘zbekiston-Qozog‘iston harbiy xizmatchilari o‘rtasida hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamanti xabar berdi.
“Xanjar-2024” nomli o‘quv mashg‘ulotining ochilish marosimi, mashg‘ulot rejalariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.
© Departament informatsii i massovix kommunikatsiy Ministerstva oboroni
1/6

2/6

3/6

4/6

5/6

6/6

Qayd etilishicha, 10 kun davom etishi ko‘zda tutilgan maxsus-taktik o‘quv yig‘inida ko‘plab amaliy mashqlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashiladi.
O‘quv davomida harbiy xizmatchilar quyidagilarni amalga oshiradi:
turli jangovar qurollardan otish;
shartli aholi yashash hududida jang olib borish;
harakatlarni tahlil qilish.
Shuningdek, o‘quv yig‘ini davomida mehmonlar uchun milliy taomlar kuni, futbol musobaqasi hamda Samarqandga sayohat tadbirlari o‘tkaziladi.