https://oz.sputniknews.uz/20241111/ozbekiston-saudiya-arabistoni-energiya-hamkorlik-46562497.html
O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirishga Saudiya Arabistoni kompaniyalari va maslahatchilari jalb etiladi. 11.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-11T17:00+0500
2024-11-11T17:00+0500
2024-11-11T17:17+0500
siyosat
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
shavkat mirziyoyev
energetika
yashil energiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0b/46562138_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_0920426b1623e26a20588a0711199870.jpg
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Qayd etilishicha, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va "yashil" energetika sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Davlat rahbari O‘zbekiston energetika sohasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgan yetakchi "ACWA Power" kompaniyasi bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladi.O‘zbekiston hududlarida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, shuningdek, "yashil" vodorod ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘zbekistonda mahalliylashtirish va korxonalar energiya samaradorligini oshirish jarayonlariga Saudiya Arabistoni kompaniyalari va maslahatchilarini jalb etish yuzasidan kelishuvga erishildi.Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston yetakchisi navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibiga muvofiq, G‘azo va Livandagi keskinlikni tez fursatda kamaytirish, mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish masalalari ko‘rib chiqiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20241111/shavkat-mirziyoev-saudiya-arabistoni-46558046.html
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0b/46562138_86:0:1223:853_1920x0_80_0_0_efe8e1603f68fef618a26a71df4e16e7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, saudiya arabistoni, shavkat mirziyoyev, energetika, yashil energiya
siyosat, o‘zbekiston, saudiya arabistoni, shavkat mirziyoyev, energetika, yashil energiya
O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi
17:00 11.11.2024 (yangilandi: 17:17 11.11.2024) O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirishga Saudiya Arabistoni kompaniyalari va maslahatchilari jalb etiladi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va "yashil" energetika sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbari O‘zbekiston energetika sohasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgan yetakchi "ACWA Power" kompaniyasi bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladi.
O‘zbekiston hududlarida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, shuningdek, "yashil" vodorod ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonda mahalliylashtirish va korxonalar energiya samaradorligini oshirish jarayonlariga Saudiya Arabistoni kompaniyalari va maslahatchilarini jalb etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston yetakchisi navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi. Tadbir kun tartibiga muvofiq, G‘azo va Livandagi keskinlikni tez fursatda kamaytirish, mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish masalalari
ko‘rib chiqiladi.