Mirziyoyev Saudiya Arabistoni va Ozarbayjondagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan sammitda ishtirok etadi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-13 noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonda bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Ikki muqaddas masjid xodimi - Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlat rahbari 11-noyabr kuni G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Ar-Riyod shahrida navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Shuningdek, 12-13 noyabr kunlari O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga ko‘ra BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnashadi.
O‘zbekiston prezidentining mazkur sammitlarda nutq so‘zlashi, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0