Prezident sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s usloviyami, sozdannimi v novom komplekse Respublikanskogo sentra onkologii i radiologii.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s usloviyami, sozdannimi v novom komplekse Respublikanskogo sentra onkologii i radiologii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2024
Obuna bo‘lish
Tabrikda sog‘liqni saqlash tizimida tub o‘zgarishlar yuz berayotgani ta’kidlangan.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Qadrli tibbiyot xodimlari! Avvalo, o‘z hayotini inson salomatligini asrashdek olijanob ishga bag‘ishlab kelayotgan siz azizlar – fidoyi shifokor va hamshiralarni, soha faxriylarini kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchamiz yaxshi tushunamizki, el-yurt salomatligi – jamiyatning bebaho boyligidir. Tinchlik va sog‘liq bo‘lgan joyda albatta o‘sish va o‘zgarish, baxtli va farovon hayot bo‘ladi. Shu ma’noda, Yangi O‘zbekistonimiz erishayotgan katta yutuqlarda, inson kapitalini rivojlantirishda jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini e’tirof etib, ularga har qancha rahmatlar aytsak, arziydi”, - deyiladi tabrikda.
Tabrikda sog‘liqni saqlash tizimida tub o‘zgarishlar yuz berayotgani ta’kidlangan. Ajratilayotgan budjet mablag‘larining bir necha bor ko‘paytirilgani, xususiy sektor rivojiga keng yo‘l ochilayotgani tufayli sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda, xizmatlar tarmog‘i kengayib, sog‘lom raqobat muhiti shakllanib, sifat va samaradorlik oshmoqda. Diagnostika va davolash amaliyotiga ilg‘or zamonaviy texnologiyalar faol joriy etilmoqda.
Qayd etilishicha, aholining ehtiyojmand qatlamlariga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni mahallabay, manzilli va aniq maqsad asosida ta’minlash bo‘yicha yangicha tajriba qo‘llanmoqda. Tizimda “Elektron poliklinika”, “Elektron retsept” dasturlari joriy etilmoqda. Buning uchun patronaj xodimlari xalqaro standartlar asosida o‘qitilmoqda.
“Azim poytaxtimizda tibbiyot sohasidagi noyob mega loyiha sifatida barpo etilgan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markazining yangi zamonaviy majmuasida so‘nggi namunadagi asbob-uskuna va sharoitlar asosida kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash hajmi bir necha barobar oshadi. Eng muhimi, yurtdoshlarimiz ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflab, chet eldagi davolash markazlariga borish tashvishidan qutuladi. Hech shubhasiz, tibbiyot sohasidagi yutuqlarimiz xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgani barchamizni quvontiradi. Bolalar milliy tibbiyot markazi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritgani, Xirurgiya markazida xalqaro sifat standartlari joriy etilgani, mamlakatimiz gepatit V ga qarshi kurashishda mintaqaviy maqsadli ko‘rsatkichlarga erishgani tasdiqlangani shular jumlasidandir”, - deydi prezident o‘z tabrigida.
Ta’kidlanishicha, aholi salomatligiga e’tiborni kuchaytirish orqali inson qadrini oshirish, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bunday muhim ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
“Bu boradagi vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishda muqaddas qasamodiga sodiq siz, zahmatkash va olijanob tibbiyot xodimlari o‘zingizni ayamasdan, boy bilim, mahorat va tajribangizni safarbar etasiz, deb ishonaman. Buyuk Ibn Sino bobomiz an’analarining munosib davomchilari bo‘lgan siz, azizlarni Tibbiyot xodimlari kuni bilan yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar tilayman”, - deya yakunlangan tabrik.
O‘zbekistonda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi Tibbiyot xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Shavkat Mirziyoyev  posetil noviy kompleks Respublikanskogo onkologicheskogo sentra v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2024
Respublika onkologiya markazi yangi majmuada ish boshlaydi
Yangiliklar lentasi
0