Pokistonda terakt: Putin hamdardlik bildirdi

© AP Photo / Arshad ButtPosledstviya vzriva na jeleznodorojnom vokzale v pakistanskom gorode Kvetta
Posledstviya vzriva na jeleznodorojnom vokzale v pakistanskom gorode Kvetta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2024
Obuna bo‘lish
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 24 kishi halok bo‘lgan, yana 46 kishi yaralangan.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kvetta shahridagi terakt munosabati bilan Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy va bosh vazir Shehbaz Sharifga hamdardlik telegrammasi yo‘lladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Qurbonlar orasida ayollar va bolalar bo‘lgan bu vahshiy jinoyatni keskin qoralaymiz. Umid qilamizki, uning tashkilotchilari o‘zlariga munosib jazoni oladilar”, — deyiladi xabarda.
Putinga ko‘ra, Rossiya terrorizmning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashda pokistonlik hamkorlari bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish niyatida.
Putin qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan va barcha yaradorlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.
Kvetta temir yo‘l vokzalida bugun mahalliy vaqt bilan soat 08:25 atrofida, “Jaffer Express” poyezdi Peshovarga jo‘nab ketishidan biroz oldin portlash sodir bo‘ldi. Xudkush terrorchi vokzalga bagaj bilan kirib, odatda ko‘p odamlar to‘planadigan kassa yaqinida terakt sodir etdi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 24 kishi halok bo‘lgan, yana 46 kishi yaralangan.
Rasmiylarga ko‘ra, mas’uliyatni taqiqlangan harbiylashtirilgan "Belujiston ozodlik armiyasi" guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Yangiliklar lentasi
0