Belarusda “O‘zbek kinosi kuni” bo‘lib o‘tdi

© IA "Dunyo"Belarusda "O‘zbek kinosi kuni" bo‘lib o‘tdi
Belarusda O‘zbek kinosi kuni bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2024
Obuna bo‘lish
2018 yildan buyon ikki davlat kinoijodkorlari tomonidan ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilib, bir nechta badiiy va hujjatli filmlar suratga olingani ma’lum qilindi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Minsk shahrida bo‘lib o‘tayogan XXX "Listapad" xalqaro kinofestivali doirasida "O‘zbek kinosi kuni" o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Unda Belarus madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Valeriy Gromada, O‘zbekiston kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya, Belarus rasmiy idoralari va mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan ma’ruzachilar so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojlanayotgani, hamkorlik turli yo‘nalishlarni, shu jumladan gumanitar va xususan kinematografiya sohasini ham qamrab olayotganini ta’kidlashdi.
O‘zbek kinosi bugungi kunda o‘ziga xos xususiyatga egaligi, unda o‘zbek milliy qadriyatlari, tarixi, vatanga muhabbat va keksa avlodga hurmat-ehtirom ko‘rsatish kabi ezgu g‘oyalarni targ‘ib qilishga e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. 2018-yildan buyon ikki davlat kinoijodkorlari tomonidan ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilib, bir nechta badiiy va hujjatli filmlar suratga olingani ma’lum qilindi.
Taqdimotga tashrif buyurgan mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari ulashildi hamda o‘zbek kuy va qo‘shiqlaridan iborat madaniy dastur taqdim etildi.
Yangiliklar lentasi
0