Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni g‘alab bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident SShA Donald Tramp
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2024
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev: Siz, Janobi Oliylarining O‘zbekistonga rasmiy tashrifingizni kutib qolamiz.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti saylovida g‘alaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
“Sizni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etib, o‘zimning qizg‘in tabriklarimni va eng ezgu tilaklarimni yo‘llashdan behad mamnunman. Saylovlardagi ishonchli g‘alabangiz Sizdek boy tajribali va mohir siyosatchining AQShni xalqaro maydondagi nufuzi va iqtisodiy qudratini oshirish, global taraqqiyot va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan dastur va rejalaringiz Amerika xalqi tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi”, — deyiladi tabrik matnida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston AQShning mamlakat mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgarmas pozitsiyasini, ortga qaytmas tus olgan tub islohotlarga ko‘rsatib kelayotgan doimiy ko‘magini alohida qadrlaydi.
“Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, aynan Sizning ilk prezidentlik davringizda, 2018-yil may oyida Oq uyda o‘tkazgan sermahsul muzokaralarimizdan keyin O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davri boshlangan edi. Sizning shaxsiy e’tiboringiz bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib, o‘zaro ishonch, hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlashga asoslangan siyosiy muloqotlarimiz yanada mustahkamlandi, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, harbiy-texnikaviy va gumanitar aloqalar jadallashdi”, — deya qayd etdi prezident.
Tabrik matnida “Biz bundan keyin ham Sizning boshchiligingizdagi AQSh Administratsiyasi bilan do‘stona aloqalarni izchil davom ettirishga, oliy va yuqori darajada erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishdan manfaatdormiz”, deyilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston “S5+1” platformasi va “Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSh o‘rtasida savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli Bitimi” doirasida mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish tarafdori.
“Aminmanki, birgalikdagi qat’iy sa’y-harakatlarimiz bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, bank-moliya, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, raqamlashtirish, innovatsiya, ta’lim va boshqa sohalardagi sherikligimiz qo‘shma loyihalar bilan samarali boyib boraveradi. Ishonchim komilki, kelgusida Afg‘onistonda barqaror tinchlikni ta’minlash va uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shish o‘zaro hamkorligimizning ajralmas qismiga aylanadi”, — dedi Mirziyoyev.
Shuningdek, Mirziyoyev o‘z tabrigida Trampni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kutib qolishini ta’kidlagan.
Elections in USA 2024 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2024
AQSh prezidenti saylovi
Yangiliklar lentasi
0