O‘zbekiston boks federatsiyasi World Boxing a’zosiga aylandi

© Federatsiya boksa UzbekistanaVtoroy den chempionata Azii
Vtoroy den chempionata Azii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2024
Obuna bo‘lish
Tashkilot Qozog‘iston, Gvatemala va Laosdan ham a’zolik uchun arizalarni qabul qildi.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Gvatemala va Laos World Boxing a’zosi bo‘ldi, deya xabar berdi tashkilot matbuot xizmati.
“World Boxing O‘zbekiston, Qozog‘iston, Gvatemala va Laos milliy boks federatsiyalarining a’zolik uchun arizalarini ma’qulladi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu xabar o‘tgan hafta boks bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng ikkinchi yillik boks konvensiyasi yakunida e’lon qilindi.
“Boks bo‘yicha dunyoning ikki yetakchi davlati bo‘lgan O‘zbekiston va Qozog‘istonning a’zo bo‘lishi jahon boksining katta yutug‘i bo‘lib, yangi Xalqaro federatsiyaning Osiyodagi ishtirokini sezilarli darajada kengaytirdi, hozirda u 13 nafar a’zodan iborat”, — deyilgan xabarda.
Xabarda, shuningdek, O‘zbekiston so‘nggi ikki Olimpiada o‘yinlarida boks bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri bo‘lib, beshta oltin medal bilan Parijdagi medallar jadvalida peshqadamlik qilgani eslatib o‘tilgan.
World Boxing 2023-yil aprel oyida ishga tushirilgan.
 13 predstaviteley Uzbekistana podnimutsya na ring za vixod v final ChM sredi molodoji - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2024
Boks: o‘zbekistonliklar jahon chempionatida 13 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Yangiliklar lentasi
0