Toshkent havo hududini rivojlantirish bo‘yicha muhim uchrashuvlarga mezbonlik qiladi

© SputnikUlitsa v Tashkente
Ulitsa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2024
Obuna bo‘lish
Transport vazirligi: Toshkent aviatsiya sohasidagi ekspertlar va yetakchilarini ikkita yirik xalqaro tadbirga jamlaydi.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Toshkentda 6-8 noyabr kunlari havo hududini rivojlantirish bo‘yicha muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Toshkent aviatsiya sohasidagi ekspertlar va yetakchilarini ikkita yirik xalqaro tadbirga jamlab, ushbu sohadagi hamkorlik markaziga aylanadi.
Tadbirlar:
ICAO guruhining Marshrutlarni ishlab chiqish bo‘yicha maxsus muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi (RDGE-SCM/2024);
Ekspertlarning muvofiqlashtiruvchi guruhi va “Yevroosiyo” muvofiqlashtiruvchi kengashining 39-majlisi.
Mazkur uchrashuvlardan maqsad – havodagi harakatni tashkil etish sohasidagi tartibga solish istiqbollari ustida birgalikda ishlash.

“Aviatsiyaga taalluqli ma’muriyatlar vakillari havodagi harakati tashkil qilish, havo hududi va u bo‘ylab o‘tadigan mashrutlarni modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etadilar, havodagi harakatlar oqimini boshqarishga innovatsion yondashuvlar va uni optimallashtirish imkoniyatlarini muhokama qiladilar”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu tadbirlar mintaqada va uning sarhadlaridan tashqarida aviatsiyani rivoji uchun yangidan yangi imkoniyatlar ochadi. Shuningdek, havo hududi tarkibiy tuzilishini yanada yaxshilash, hamda mazkur sohadagi xalqaro sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib qolishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0