Kelasi yildan termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylar aniqlanadi — yangi qaror

© Sputnik / Sputnik / Baxrom XatamovMnogoetajnie doma v Tashkente
Mnogoetajnie doma v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2024
Obuna bo‘lish
Ariza beruvchiga berilgan xulosa kelgusida uni belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlash uchun asos hisoblanadi.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Kelasi yildan boshlab Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari partali orqali termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylar haqida murojaatlar yuborish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Murojaatlar tumanlar (shahar) hokimliklari tomonidan tuzilgan Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash komissiyasi tomonidan o‘rganiladi.
Komissiya 7 ish kuni davomida so‘rovnomani ko‘rib chiqib, uy-joy joylashgan hududga chiqqan holda aniqlash ishlarini olib boradi:
uy-joyning zararlanganlik darajasi;
zararlanganlik natijasida uy-joyning texnik holati;
zararlanganlik natijasida uy-joyda yashash imkoniyati mavjudligi;
zararlanganlik natijasida uy-joyni yaroqsiz holatga kelganligi.
Agar o‘rganish natijasida uy-joyning yaroqsiz holatga kelganligi tasdiqlansa, xabarnoma qo‘shimcha ravishda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uy-joyni yashashga mo‘ljallanmagan joylar toifasiga o‘tkazish hamda uy-joy fondidan chiqarish masalasini ko‘rib chiqadi.
Davlat xizmatlari markazi xulosa kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat etgan bo‘lsa, unda xulosa elektron shakilda yoki qog‘oz shaklda beriladi.
Ariza beruvchiga berilgan xulosa kelgusida uni belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlash uchun asos hisoblanadi.
Termiti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2022
Yangi xavf: Termit chumolilari ulkan zarar keltirmoqda
Yangiliklar lentasi
0