https://oz.sputniknews.uz/20241105/olimpiya-shaharcha-klaster-46460218.html
Olimpiya shaharchasi ilmiy-amaliy klasterga aylantiriladi — sport vaziri
Olimpiya shaharchasi ilmiy-amaliy klasterga aylantiriladi — sport vaziri
Sputnik O‘zbekiston
Sport vaziri va Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Olimpiya shaharchasidagi qurilish jarayoni bilan tanishdi. 05.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-05T13:08+0500
2024-11-05T13:08+0500
2024-11-05T13:08+0500
sport
o‘zbekiston
xitoy
olimpiya shaharchasi
adham ikramov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0b/45582675_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4c1d85021f036f10c769a953a4e18c60.jpg
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Olimpiya shaharchasi ilmiy-amaliy klasterga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikramov ma’lum qildi, deb yozmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. Adham Ikramov va Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov Olimpiya shaharchasidagi qurilish jarayoni bilan tanishdi. Unda yakkakurash va jamoaviy sport turlariga ixtisoslashtirilgan majmualardan samarali foydalanish, O‘zbekiston davlat sport akademiyasining kafedralari va federatsiyalarining ma’muriy binodagi joylashuvi ko‘rib chiqildi. Bu borada mas’ullarga tegishli toshiriqlar berildi. Shuningdek, qurilishga mas’ul Xitoyning “CAMC engineering” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash masalalarini muhokama qilishdi.Eslatib o‘tamiz, Olimpiya shaharchasi kelgusi yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilmoqda. Musobaqalar Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan 29 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladi. Ularda qit’aning 45 ta davlatidan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.Olimpiya shaharchasida, futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey, yengil atletika kabilar bo‘yicha 15 ta ochiq maydon bo‘ladi. Muzey va ofislarni o‘z ichiga olgan ma’muriy bino, bog‘lar, sun’iy ko‘l barpo etiladi. Osiyo o‘yinlaridan keyin Olimpiya shaharchasidan samarali foydalaniladi.
o‘zbekiston
xitoy
olimpiya shaharchasi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0b/45582675_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_bd99c892bc6687eec9363e4e7be79614.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, xitoy, olimpiya shaharchasi, adham ikramov
sport, o‘zbekiston, xitoy, olimpiya shaharchasi, adham ikramov
Olimpiya shaharchasi ilmiy-amaliy klasterga aylantiriladi — sport vaziri
Sport vaziri va Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Olimpiya shaharchasidagi qurilish jarayoni bilan tanishdi.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Olimpiya shaharchasi ilmiy-amaliy klasterga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikramov ma’lum qildi, deb yozmoqda
Milliy olimpiya qo‘mitasi. Adham Ikramov va Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov Olimpiya shaharchasidagi qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Unda yakkakurash va jamoaviy sport turlariga ixtisoslashtirilgan majmualardan samarali foydalanish, O‘zbekiston davlat sport akademiyasining kafedralari va federatsiyalarining ma’muriy binodagi joylashuvi ko‘rib chiqildi. Bu borada mas’ullarga tegishli toshiriqlar berildi.
“Vazir mavzu yuzasidan fikr bildirar ekan, muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari asosida bunyod etilayotgan mazkur Olimpiya shaharchasi sportimiz taraqqiyoti yo‘lida ilmiy-amaliy klasterga aylanishi zarurligini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, qurilishga mas’ul Xitoyning “CAMC engineering” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash masalalarini muhokama qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, Olimpiya shaharchasi kelgusi yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilmoqda. Musobaqalar Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan 29 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladi. Ularda qit’aning 45 ta davlatidan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Olimpiya shaharchasida, futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey, yengil atletika kabilar bo‘yicha 15 ta ochiq maydon bo‘ladi. Muzey va ofislarni o‘z ichiga olgan ma’muriy bino, bog‘lar, sun’iy ko‘l barpo etiladi. Osiyo o‘yinlaridan keyin Olimpiya shaharchasidan
samarali foydalaniladi.