https://oz.sputniknews.uz/20241105/hudud-elektr-tarmoq-xususiy-operatorlar-46456752.html
Hududlardagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlar jalb qilinadi
Hududlardagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlar jalb qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish, hududlardagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb qilish masalalari bo‘yicha... 05.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-05T10:14+0500
2024-11-05T10:14+0500
2024-11-05T10:30+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
energetika
investitsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0c/15988389_0:0:3135:1764_1920x0_80_0_0_822c973aa08625585a4fb68fcf3fba60.jpg
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Kelgusi yilda Samarqand, Jizzax va Sirdaryodagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Mirziyoyev elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish, hududlardagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.Aytilishicha, elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonlari alohida kompaniyalarga ajratilib, investitsiya uchun imkoniyatlar yaratildi. Oxirgi besh yilda elektr energiyasi ishlab chiqarishga 4 milliard 300 million dollar investitsiya kirib keldi, 5,7 gigavatt yangi quvvatlar yaratildi.Tarmoqdagi 4 ta korxona – “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari” hamda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatlari xalqaro kredit reytingini olishga erishdi.Qayd etilishicha, endigi ular transformatsiya orqali raqobatbardosh kompaniyalarga aylanishi kerak.Har bir energetika korxonasining birinchi galdagi vazifasi tannarxni kamaytirish ekani ta’kidlandi. Bunga loyihalarni maqbullashtirish, yo‘qotishlarni kamaytirish va xaridlarni takomillashtirish orqali erishish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.Kelgusi yil energetika korxonalari uchun tejamkorlik va samaradorlik yili bo‘lishi qat’iy belgilandi. Tarmoq kompaniyalarini quyi bo‘g‘ingacha transformatsiya qilish va raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi.
https://oz.sputniknews.uz/20241020/quyosh-shamol-elektr-stantsiya-elektr-energiya-46213688.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/0c/15988389_351:0:2845:1870_1920x0_80_0_0_969f4391cbb0e5f65d77faff8781b217.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, energetika, investitsiya
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, energetika, investitsiya
Hududlardagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlar jalb qilinadi
10:14 05.11.2024 (yangilandi: 10:30 05.11.2024) Mirziyoyev elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish, hududlardagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Kelgusi yilda Samarqand, Jizzax va Sirdaryodagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda
ma’lum qilindi. Mirziyoyev elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish, hududlardagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Aytilishicha, elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonlari alohida kompaniyalarga ajratilib, investitsiya uchun imkoniyatlar yaratildi. Oxirgi besh yilda elektr energiyasi ishlab chiqarishga 4 milliard 300 million dollar investitsiya kirib keldi, 5,7 gigavatt yangi quvvatlar yaratildi.
Tarmoqdagi 4 ta korxona – “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari” hamda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatlari xalqaro kredit reytingini olishga erishdi.
Qayd etilishicha, endigi ular transformatsiya orqali raqobatbardosh kompaniyalarga aylanishi kerak.
Har bir energetika korxonasining birinchi galdagi vazifasi tannarxni kamaytirish ekani ta’kidlandi. Bunga loyihalarni maqbullashtirish, yo‘qotishlarni kamaytirish va xaridlarni takomillashtirish orqali erishish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
“Taqsimlash tarmoqlarini xususiy sheriklik asosida investorlarga berib, ularni modernizatsiya qilishga 4 milliard dollar investitsiya jalb qilish mumkin. Shu maqsadda kelgusi yilda Samarqand, Jizzax va Sirdaryodagi tarmoqlar boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb etish rejalashtirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Kelgusi yil energetika korxonalari uchun tejamkorlik va samaradorlik yili bo‘lishi qat’iy belgilandi. Tarmoq kompaniyalarini quyi bo‘g‘ingacha transformatsiya qilish va raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi.