Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Ukraina jangarilariga qarshi yangi taktika qo‘llamoqda

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyVoyennoslujashiy 1430-go gvardeyskogo motostrelkovogo polka VS RF na Zaporojskom napravlenii spetsialnoy voyennoy operatsii.
Voyennoslujashiy 1430-go gvardeyskogo motostrelkovogo polka VS RF na Zaporojskom napravlenii spetsialnoy voyennoy operatsii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2024
Obuna bo‘lish
Rogov: Rossiya Qurolli Kuchlarining takomillashtirilgan taktikasi Ukraina Qurolli Kuchlarini pozitsiyalardan qochishga majbur qilmoqda.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Rus qo‘shinlarining front chizig‘idagi takomillashtirilgan taktikasi dushmanni o‘z pozitsiyalaridan qochishga majbur qilmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasining suverenitet masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi, yangi hududlarni integratsiyalashuvi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash hamraisi Vladimir Rogov RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Armiyamizning hujumi paytida qo‘shinlarimizning jangovar aloqa chizig‘idagi harakatlarining takomillashtirilgan taktikasi Ukraina Qurolli Kuchlari jangarilarining qurshab olinishi va asirga olinishini anglab, o‘z pozitsiyalarini ommaviy ravishda tark etishiga olib kelmoqda”, — dedi Rogov.
Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, oldinga siljishda Rossiya Qurolli Kuchlari frontal zarbalarni qo‘llashni to‘xtatdi, lekin Ukraina Qurolli Kuchlari guruhlarini o‘rab olish uchun qanotlarni aylanib o‘tib, ularni ko‘pincha harbiy texnika va qurollarni qoldirib, qochishga majbur qildi.
"Shuning uchun biz DXRdagi hujumimizning ancha yuqori sur’atlarini va ko‘payib borayotgan aholi punktlarini ozod qilishni ko‘rmoqdamiz", dedi Rogov.
Yangiliklar lentasi
0