https://oz.sputniknews.uz/20241103/ozbekiston-qishloq-turizm-maqom-sina-46438987.html
O‘zbekistonning yana ikki qishlog‘i turizm maqomini oldi
O‘zbekistonning yana ikki qishlog‘i turizm maqomini oldi
Sputnik O‘zbekiston
Sina “Turizm qishlog‘i” maqomiga ega bo‘ldi. 03.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-03T10:00+0500
2024-11-03T10:00+0500
2024-11-03T12:23+0500
turizm
o‘zbekiston
sayyohlar
qishloq
surxondaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/03/46439074_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_0149df61e5d807106a2d64ff56374cfb.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Sina qishlog‘i va Boysundagi Omonxona qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.Tadbir ishtirokchilari tog‘lar qo‘ynidagi Sina, Ushor, Sunbula kabi qishloqlar aholisining hayoti bilan tanishdi. Xorijiy va mahalliy sayyohlarga non, patir va somsaning 20 dan ziyod turi hamda tandir kabob, go‘jali osh va boshqa taomlarni tayyorlash sirlari namoyish etildi. Shuningdek, milliy o‘yinlar, sport musobaqalari ham o‘tkazildi.Shuningdek, Boysundagi Omonxona qishlog‘iga ham “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi.Ma’lumot uchun, bunday maqomga ega bo‘lgan hududda ravon yo‘llar barpo etilib, obodonlashtiriladi. Elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti, oqava suv tizimi yaxshilanadi. Mobil aloqa va internet tarmog‘i sifatini oshirish uchun bazaviy stansiyalar o‘rnatiladi. Qishloq odamlari uchun yangi ish o‘rinlari va sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/03/46439074_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6ece2173704b4c181f001c8c28a37963.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, o‘zbekiston, sayyohlar, qishloq, surxondaryo
turizm, o‘zbekiston, sayyohlar, qishloq, surxondaryo
O‘zbekistonning yana ikki qishlog‘i turizm maqomini oldi
10:00 03.11.2024 (yangilandi: 12:23 03.11.2024) Sina “Turizm qishlog‘i” maqomiga ega bo‘ldi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Sina qishlog‘i va Boysundagi Omonxona qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Tadbir ishtirokchilari tog‘lar qo‘ynidagi Sina, Ushor, Sunbula kabi qishloqlar aholisining hayoti bilan tanishdi.
"Sirli baliq ko‘li, maftunkor “Sunbulai zor” tabiat mo‘’jizasi, Qiz qo‘rg‘on arxeologik yodgorligi, Xo‘jai Hisor ziyoratgohi kabi sayyohlik maskanlari, oilaviy mehmon uylari, hududning milliy hunarmandchiligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi", — deyiladi xabarda.
Xorijiy va mahalliy sayyohlarga non, patir va somsaning 20 dan ziyod turi hamda tandir kabob, go‘jali osh va boshqa taomlarni tayyorlash sirlari namoyish etildi. Shuningdek, milliy o‘yinlar, sport musobaqalari ham o‘tkazildi.
Shuningdek, Boysundagi Omonxona qishlog‘iga ham “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi.
Ma’lumot uchun, bunday maqomga ega bo‘lgan hududda ravon yo‘llar barpo etilib, obodonlashtiriladi. Elektr energiyasi, gaz, suv ta’minoti, oqava suv tizimi yaxshilanadi. Mobil aloqa va internet tarmog‘i sifatini oshirish uchun bazaviy stansiyalar o‘rnatiladi. Qishloq odamlari uchun yangi ish o‘rinlari va sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi.