Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII migrantlarning moliyaviy savodxonligini oshirish loyihasini ishlab chiqmoqchi

© Sputnik / Artem JitenevTestirovanie inostrannix grajdan po russkomu yaziku
Testirovanie inostrannix grajdan po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2024
Obuna bo‘lish
Jenevada YeIK hay’ati raisi va Xalqaro migratsiya tashkiloti bosh direktori o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. YeOIIda mehnat migrantlarining moliyaviy savodxonligini oshirish uchun Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati rahbari Baxitjan Sagintayev pilot loyiha ishlab chiqishni taklif qildi.
Sagintayev Jenevada Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) Bosh direktori Emi Poup bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida migratsiya sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, xususan, Yevroosiyo makonida mehnat resurslari oqimini tartibga solish muhokama qilindi.
“Biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi mehnat migrantlarining moliyaviy savodxonligini oshirishdan iborat bo‘lgan tajriba loyihasini ishlab chiqish va ishga tushirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz”, — dedi Sagintayev.
Ta’kidlanganidek, mehnat migrantlarining kasbiy malakalarini malakalarning qiyoslanishi asosida tan olish sohasidagi xalqaro tajriba YeIK uchun qiziqish uyg‘otadi.
Komissiya har yili YeOII mamlakatlaridagi eng ommabop lavozimlar va kasblar ro‘yxatini tuzadi. Ro‘yxatga kiritilgan kasblar bo‘yicha malaka talablari qabul qilinadi.
Emi Poup mazkur ro‘yxatni o‘rganishga qiziqish bildirdi va kelgusida bandlik sohasida o‘zaro hamkorlik qilish uchun yuzaga kelayotgan imkoniyatlardan foydalanish, xususan, maxsus qo‘shma dastur yaratish zarurligini aytib o‘tdi.
Sagintayevning aytishicha, bu yil Komissiya axloqiy yollash siyosati va strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha XMT Global tarmog‘i ishiga qo‘shildi. Bundan tashqari, u Yevroosiyo yuqori migratsiya jozibadorligiga ega ekanligini va YeOII Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini qo‘shimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0