Toshkent muzeyi: o‘tmishga sayohat — foto

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkent muzeyi – tarixiy merosni o‘rganish, madaniy almashuv va o‘zini anglash maskani. Muzeyni ziyorat qilish har bir insonga o‘z tarixini chuqurroq anglash, Toshkentning Sharq sivilizatsiyasining eng qadimiy markazlaridan biri sifatidagi ahamiyatini his qilish imkonini beradi.
Toshkent muzeyi shunchaki eksponatlar to‘plami emas, balki qadim zamonlardan tortib XIX asr oxirigacha Toshkent vohasining boy tarixini aks ettirgan haqiqiy madaniy-tarixiy meros xazinasidir.
Qadimgi tosh davri
Muzeyning birinchi bo‘limi tosh asriga bag‘ishlangan. Arxeologik topilmalar, asboblar va qoyatosh rasmlari keltirilgan bo‘lib, ular Toshkent hududidagi ibtidoiy insonning hayoti haqida tasavvur beradi. Ko‘lbuloq va Obi-Rahmat manzilgohlaridan topilgan mehnat qurollari ushbu mintaqaning insoniyat sivilizatsiyasi shakllanishidagi ahamiyatini ta’kidlaydi.
Bronza va temir asri
Keyingi bo‘lim kech bronza asri va erta temir asrini (miloddan avvalgi XII-IV asrlar) qamrab oladi. Bu paytda Toshkent vohasi Buyuk Ipak yo‘lidagi tranzit savdo markaziga aylandi. Mingo‘rik kabi qadimiy aholi punktlari hunarmandchilik va madaniyat taraqqiy etayotgan Toshkentning kelajagi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Antik davr va ilk o‘rta asrlarda Choch
Antik davrga bag‘ishlangan bo‘limda (miloddan avvalgi III asr – milodiy IV asrlar) Toshkentning yirik shahar markazi sifatida shakllanishi ko‘rib chiqiladi. Mingo‘rik ko‘hna shahri Toshkent hududidagi antik hamda ilk o‘rta asr davrining eng yirik arxeologik yodgorliklaridan biri, Toshkentning qadimiy yadrosi hisoblangan. Bu davrdagi yana bir qadimgi shahar qatoriga Qanqa shahrini kiritish mumkin. Qanqa shahri – Choch vohasining eng katta va eng qadimgi shahri hisoblanadi.
Rivojlangan o‘rta asrlarda Toshkent
IX asrda Shosh uzil-kesil Arab xalifaligi tarkibiga kirdi. Yozma manbalar hamda numizmatik materiallarga qaraganda, poytaxt ilgarigidek Shosh va Madinat ash-Shosh deb atalardi. IX-X asrlarga oid arab yozma manbalarida uning yana bir nomi Binkat tarzida tilga olingan. Binkat – yirik ma’muriy va savdo hunarmandchilik markazi bo‘lib, suv bilan yaxshi ta’minlangan.
Toshkent XVI-XIX asrlarda
Muzey ko‘rgazmasi Toshkentning yirik hunarmandchilik va savdo markaziga aylangan XVI-XIX asrlarni ham qamrab oladi. Mahalliy hunarmandlarning yuqori mahoratini namoyish qiluvchi zargarlik buyumlari, mato va kulolchilikning noyob namunalari mavjud.
Arxitektura yodgorliklari va madaniy meros
Muzey XV-XVI asrlarda qurilgan maqbara, masjid va madrasalar kabi Toshkent me’moriy yodgorliklariga ham e’tibor qaratadi. Ushbu binolarning fotosuratlari va modellari tashrif buyuruvchilarga shaharning me’moriy ko‘rinishini va uning ma’naviy merosini yaxshi tushunishga imkon beradi.
Xulosa
Toshkent muzeyi nafaqat tarixiy merosni o‘rganish maskani, balki madaniy almashinuv va o‘z-o‘zini anglash maydonidir. Bu shaxsning o‘ziga xosligi va madaniy merosi bilan faxrlanishni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Muzeyga tashrif har bir kishiga o‘z xalqining kelib chiqishi va tarixini yaxshiroq tushunish, shuningdek, Toshkentning Sharq tamaddunining eng qadimiy markazlaridan biri sifatidagi ahamiyatini anglash imkonini beradi.
© Sputnik

Toshkent mudofaa devori va 12 ta darvozasi ko‘rsatilgan maket. XIX asr

Toshkent mudofaa devori va 12 ta darvozasi ko‘rsatilgan maket. XIX asr - Sputnik O‘zbekiston
1/21

Toshkent mudofaa devori va 12 ta darvozasi ko‘rsatilgan maket. XIX asr

© Sputnik

XX asr boshiga oid xonadon ko‘rinishi. Bezakli devor tokchalari, sandal, ko‘rpachalar va beshik xaqiqiy o‘zbek oilasi xayotini aks ettiradi

XX asr boshiga oid xonadon ko‘rinishi. Bezakli devor tokchalari, sandal, ko‘rpachalar va beshik xaqiqiy o‘zbek oilasi xayotini aks ettiradi - Sputnik O‘zbekiston
2/21

XX asr boshiga oid xonadon ko‘rinishi. Bezakli devor tokchalari, sandal, ko‘rpachalar va beshik xaqiqiy o‘zbek oilasi xayotini aks ettiradi

© Sputnik

Ostadon - Zardushtiylik diniga oid marosim qutisi. VI-VII asrlar

Ostadon - Zardushtiylik diniga oid marosim qutisi. VI-VII asrlar  - Sputnik O‘zbekiston
3/21

Ostadon - Zardushtiylik diniga oid marosim qutisi. VI-VII asrlar

© Sputnik

Kulolchilik ustaxonasi. XIX asr

Kulolchilik ustaxonasi. XIX asr - Sputnik O‘zbekiston
4/21

Kulolchilik ustaxonasi. XIX asr

© Sputnik

Shoyi mato to‘qish dastgohi. XIX asr

Shoyi mato to‘qish dastgohi. XIX asr - Sputnik O‘zbekiston
5/21

Shoyi mato to‘qish dastgohi. XIX asr

© Sputnik

Milliy choponlar va do‘ppilardan namunalar. XIX asr

Milliy choponlar va do‘ppilardan namunalar. XIX asr - Sputnik O‘zbekiston
6/21

Milliy choponlar va do‘ppilardan namunalar. XIX asr

© Sputnik

O‘zbek xonadoni hovlisi. XX asr boshi

O‘zbek xonadoni hovlisi. XX asr boshi - Sputnik O‘zbekiston
7/21

O‘zbek xonadoni hovlisi. XX asr boshi

© Sputnik

Erkaklar va ayollar do‘ppilari. XX asr boshi

Erkaklar va ayollar do‘ppilari. XX asr boshi - Sputnik O‘zbekiston
8/21

Erkaklar va ayollar do‘ppilari. XX asr boshi

© Sputnik

Toshkentlik ayollarning zargarlik buyumlari. XX asr boshi

Toshkentlik ayollarning zargarlik buyumlari. XX asr boshi - Sputnik O‘zbekiston
9/21

Toshkentlik ayollarning zargarlik buyumlari. XX asr boshi

© Sputnik

Musiqachi haykalchasi. Qanqa shahristoni. III asr

Musiqachi haykalchasi. Qanqa shahristoni. III asr - Sputnik O‘zbekiston
10/21

Musiqachi haykalchasi. Qanqa shahristoni. III asr

© Sputnik

Tandir, o‘choq, qumg‘on haqiqiy o‘zbek oilasi hayotini his qilishda yordam beradi

Tandir, o‘choq, qumg‘on haqiqiy o‘zbek oilasi hayotini his qilishda yordam beradi - Sputnik O‘zbekiston
11/21

Tandir, o‘choq, qumg‘on haqiqiy o‘zbek oilasi hayotini his qilishda yordam beradi

© Sputnik

Hamonlar, jiyaklar - milliy kashtachilik namunalari. XX asr boshi

Hamonlar, jiyaklar - milliy kashtachilik namunalari. XX asr boshi - Sputnik O‘zbekiston
12/21

Hamonlar, jiyaklar - milliy kashtachilik namunalari. XX asr boshi

© Sputnik

Uy anjomlari, Toshkent. XX asr boshi

Uy anjomlari, Toshkent. XX asr boshi - Sputnik O‘zbekiston
13/21

Uy anjomlari, Toshkent. XX asr boshi

© Sputnik

Muzey ko‘rgazma zallarida toshkentliklarning qadimiy o‘tmishi, hududlari, milliy an’analari, san’at va madaniyati namunalari namoyish qilingan

Muzey ko‘rgazma zallarida toshkentliklarning qadimiy o‘tmishi, hududlari, milliy an’analari, san’at va madaniyati namunalari namoyish qilingan - Sputnik O‘zbekiston
14/21

Muzey ko‘rgazma zallarida toshkentliklarning qadimiy o‘tmishi, hududlari, milliy an’analari, san’at va madaniyati namunalari namoyish qilingan

© Sputnik

Sopol idishlar. Parkent tumani. Miloddan avvalgi II-I asrlar

Sopol idishlar. Parkent tumani. Miloddan avvalgi II-I asrlar  - Sputnik O‘zbekiston
15/21

Sopol idishlar. Parkent tumani. Miloddan avvalgi II-I asrlar

© Sputnik

"Obdasta" va "dastshuy" - tahorat anjomlari. XX asr boshi

"Obdasta" va "dastshuy" - tahorat anjomlari. XX asr boshi - Sputnik O‘zbekiston
16/21

"Obdasta" va "dastshuy" - tahorat anjomlari. XX asr boshi

© Sputnik

Shayxontohur masjidi darvozasining old tomondan ko‘rinishi. Darvoza qarag‘ay yog‘ochidan qilinib, panellarida murakkab gul naqshlari mavjud. XIX asr

Shayxontohur masjidi darvozasining old tomondan ko‘rinishi. Darvoza qarag‘ay yog‘ochidan qilinib, panellarida murakkab gul naqshlari mavjud. XIX asr - Sputnik O‘zbekiston
17/21

Shayxontohur masjidi darvozasining old tomondan ko‘rinishi. Darvoza qarag‘ay yog‘ochidan qilinib, panellarida murakkab gul naqshlari mavjud. XIX asr

© Sputnik

Shayxontohur masjidi darvozasining orqa tomoni. XIX asr.

Shayxontohur masjidi darvozasining orqa tomoni. XIX asr.  - Sputnik O‘zbekiston
18/21

Shayxontohur masjidi darvozasining orqa tomoni. XIX asr.

© Sputnik

Erkak va ayollar choponlari. XIX asr

Erkak va ayollar choponlari. XIX asr - Sputnik O‘zbekiston
19/21

Erkak va ayollar choponlari. XIX asr

© Sputnik

Erkak, ayol va bolalar do‘ppilari. XX asr boshi

Erkak, ayol va bolalar do‘ppilari. XX asr boshi - Sputnik O‘zbekiston
20/21

Erkak, ayol va bolalar do‘ppilari. XX asr boshi

© Sputnik

Toshkent muzeyi binosi

Toshkent muzeyi binosi - Sputnik O‘zbekiston
21/21

Toshkent muzeyi binosi

Yangiliklar lentasi
0