AQSh va NATO Qora dengizga kirib olishni istaydi – Patrushev

© Sputnik / Sergey Guneev / Mediabankka o‘tishSekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev. Arxivnoe foto
Sekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2024
Obuna bo‘lish
Qora va Azov dengizlari Rossiya xavfsizligi uchun o‘ta muhim hududlar hisoblanadi.
TOShKENT, 1 noya - Sputnik. Qo‘shma Shtatlar va uning NATOdagi ittifoqchilari harbiy maqsadlarda Yevropaning ichki suv yo‘llaridan foydalanib (Dunay darosi) Qora dengizga chiqishni istaydi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi, Rossiya Federatsiyasi Dengizchilik kollegiyasi raisi Nikolay Patrushev.

Vashington va uning ittifoqchilari "bor kuchlari bilan o‘z hukmronligini saqlab qolishga harakat qilmoqdalar, jumladan, jahon okeanida ham", dedi Patrushev Qrimda kemasozlik masalalari bo‘yicha yig‘ilishda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO Qora dengizdagi o‘z harbiy-dengiz kuchlari sonini kengaytirishni istaydi. Ular ushbu maqsadda hatto Montryo konvensiyasi bilan belgilangan Qora dengiz bo‘g‘ozlari rejimini o‘zgartirish, Dunay orqali Qora dengizga chiqish uchun Yevropaning ichki suv yo‘llaridan harbiy maqsadlarda foydalanish rejalarini ishlab chiqmoqda.

Shuningdek, tashrif davomida Nikolay Patrushev Qrim yarimorolidagi kemasozlik korxonalari faoliyati bilan tanishdi korxona rahbarlari bilan uchrashdi.
Montryo konvensiyasi

1936 yilda qabul qilingan bo‘lib, Bosfor va Dardanella bo‘g‘ozlari ustidan Turkiya nazoratini tasdiqlaydi. Unga ko‘ra, Qora dengizga faqat uning qirg‘og‘ida joylashgan davlatlar harbiy kemalari cheklovlarsiz kirib-chiqishi mumkin. Boshqa davlatlarning esa faqat kichik harbiy kemalari faqat 21 sutkaga kirishi mumkin. Turkiya istalgan davlat harbiy kemalari kirishini cheklab qo‘yish huquqiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0