Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning teledebatlari qanday o‘tdi – ekspert javobi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ra’no Tursunova: teledebatlarimizda hech qanday suv sepish, yerga urish yoki haqoratlar bo‘lmadi. Biz, nima bo‘lsa ham, Sharq odamlarmiz.
Bu yil O‘zbekistonda teledebatlar soni avvalgi saylovlarga qaraganda ancha oshdi. Ilgari mamlakatda bunday teledebatlar o‘tkazilmagan edi. Bu haqda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti Ra’no Tursunova Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi anjumanida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda xalqaro maydonlarda o‘zini namoyon etgan zamonaviy siyosiy texnologiyalar faol joriy etilmoqda. Ushbu texnologiyalarning joriy etilishi partiyalar va nomzodlarni yanada samarali taqdim etish, shuningdek, saylovchilar faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

“Teledebatlarimizda hech qanday suv sepish, yerga urish yoki haqoratlar bo‘lmadi. Biz, nima bo‘lsa ham, Sharq odamlarmiz va qo‘shtirnoq ichidagi iltifotlardan o‘zimizni tutib turamiz. Shuning uchun ham yuqori saviyada g‘oyalar ilgari surildi, tanqid qilindi, bahsning o‘zi tashkiliy jihatdan juda yaxshi tuzilgan edi”, — dedi Tursunova.

Bugungi kunda O‘zbekiston chinakam chuqur islohotlar va modernizatsiyani namoyish etmoqda. Ko‘pchilik mamlakat dunyoga ochilganini, dunyo O‘zbekistonni qaytadan kashf etayotganini ta’kidlamoqda, deya qo‘shimcha qildi u.
Ko‘plab siyosiy partiyalar, ular teledebatlarda bildirgan muayan tashabbuslar bo‘yicha bahslar paydo bo‘lganini ko‘rdilar va keyin bularning barchasi internetda muhokama qilindi. Ularning ko‘plari saylovoldi tashviqoti taktikasini o‘zgartirdilar va yangi g‘oyalarni taklif qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0