https://oz.sputniknews.uz/20241031/uzbekistan-birinchi-elektr-energiya-saqlash-tizim-46402428.html
Muqobili yo‘q: O‘zbekistonda elektr energiyasini saqlovchi ombor qurilmoqda
Muqobili yo‘q: O‘zbekistonda elektr energiyasini saqlovchi ombor qurilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda haligacha muqobili bo‘lmagan inshootni Xitoyning “China Gezhouba Group Overseas Investmen Co.ltd” kompaniyasi 144 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish hisobiga qurmoqda.
2024-10-31T15:16+0500
2024-10-31T15:16+0500
2024-10-31T15:16+0500
iqtisod
o‘zbekiston
farg‘ona viloyati
elektr energiyasi
xitoy
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1f/46402264_0:54:1024:630_1920x0_80_0_0_1ce25d16bb462667df11a998c617ff67.jpg
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Farg‘ona viloyatida elektr quvvatlari ombori (elektr energiyasini saqlash tizimi) qurilmoqda. Uning quvvati 150 MVt ga teng, deya xabar berdi O‘zA.Qayd etilishicha, O‘zbekistonda haligacha muqobili bo‘lmagan inshootni Xitoyning “China Gezhouba Group Overseas Investmen Co.ltd” kompaniyasi 144 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish hisobiga qurmoqda.Xitoyning mazkur kompaniyasi dunyoning 30 tadan ziyod mamlakatida faoliyat yuritib kelmoqda.Qayd etilishicha, Xitoydan keltirilgan har birining quvvati 2 MVt bo‘lgan jami 90 ta ulkan akkumulyator batareyalari bir-biriga ulanmoqda.Ular ishga tushirilgandan so‘ng, quvvatlangan akkumulyator batareyalari elektr tarmog‘iga ulanadi va ta’minotda hech qanday uzilish ro‘y bermaydi. Iste’moldan ortib qolgan elektr quvvati ”ombor”ga yig‘iladi va undan yana qayta olinadi.
o‘zbekiston
farg‘ona viloyati
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1f/46402264_58:0:967:682_1920x0_80_0_0_6973f18e972610c12a43e9e3e63a81f5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xitoyn “china gezhouba group overseas investmen co.ltd”
o‘zbekiston xitoyn “china gezhouba group overseas investmen co.ltd”
Muqobili yo‘q: O‘zbekistonda elektr energiyasini saqlovchi ombor qurilmoqda
Uskunalar asosan Xitoy, Rossiya va ayrim qismlar mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Farg‘ona viloyatida elektr quvvatlari ombori (elektr energiyasini saqlash tizimi) qurilmoqda. Uning quvvati 150 MVt ga teng, deya xabar berdi
O‘zA. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda haligacha muqobili bo‘lmagan inshootni Xitoyning “China Gezhouba Group Overseas Investmen Co.ltd” kompaniyasi 144 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish hisobiga qurmoqda.
“Uskunalarni asosan Xitoy, Rossiya va ayrim qismlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olganmiz. Biz noyabr oyining oxirida elektr energiyani ulash, dekabr oyida sinovdan o‘tkazish va yangi yilning birinchi kunidan to‘liq ishga tushirishni rejalashtirganmiz. Shunda zarur paytda 600 ming aholi ehtiyojini qondirish imkoniga ega bo‘linadi”, — dedi “Energy China Overseas investmen” kompaniyasining bosh menejeri Nie Szanmin
Xitoyning mazkur kompaniyasi dunyoning 30 tadan ziyod mamlakatida faoliyat yuritib kelmoqda.
“O‘zbekistonda 13 tadan ortiq loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ulardan ikkitasi muvaffaqiyatli tugatildi. Ular Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi quvvati 500 MVt quyosh elektr stansiyalaridir. Bu uchinchi loyiha bo‘lib, qurilish jarayoni davom etapti. Dekabr oyida tarmoqqa ulash uchun barcha ishlar qilinmoqda”, — deya ma’lum qildi “Energy China Overseas investmen” kompaniyasi texnik masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Aziz Shirinboyev.
Qayd etilishicha, Xitoydan keltirilgan har birining quvvati 2 MVt bo‘lgan jami 90 ta ulkan akkumulyator batareyalari bir-biriga ulanmoqda.
Ular ishga tushirilgandan so‘ng, quvvatlangan akkumulyator batareyalari elektr tarmog‘iga ulanadi va ta’minotda hech qanday uzilish ro‘y bermaydi. Iste’moldan ortib qolgan elektr quvvati ”ombor”ga yig‘iladi va undan yana qayta olinadi.