https://oz.sputniknews.uz/20241030/yuqumli-kasallik-bemorlar-monitoring-elektron-tizim-46382219.html
Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar monitoringining elektron tizimi ishga tushirildi
Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar monitoringining elektron tizimi ishga tushirildi
Sputnik O‘zbekiston
Elektron monitoring yuqumli va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va tarqalib ketishini oldini olishga yordam beradi. 30.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-30T14:18+0500
2024-10-30T14:18+0500
2024-10-30T14:18+0500
jamiyat
o‘zbekiston
kasallik
sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi (sanepidqo‘mita)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1c/15887219_0:320:3073:2048_1920x0_80_0_0_790fadfbac4d3c7d457684ebb5abf857.jpg
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Sanitariya-epidemiologiya sohasidagi bir nechta yo‘nalishlarda elektron raqamlashtirish tizimi tashkil etildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma’lum qildi. Qayd etilishicha, endilikda yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar monitoringi elektron tizimga o‘tkazildi. YKEM - Yuqumli kasalliklar elektron monitoringi – bu aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida yuqumli kasalliklarning epidemiologik nazoratini raqamlashtirish orqali takomillashtirish. An’anaviy axborot almashinish tizimi orqali ma’lumotlarni yig‘ilishi, qayta ishlanishi va javob choralarining joylarga ko‘rsatma orqali yetkazilishi 12 soatdan 48 soatgacha vaqtni egallaydi. Shuningdek, Sanepidqo‘mitaning “Elektron vaksina logistikasini boshqarish tizimi” ishga tushirildi. Bu vaksinalarni viloyatlarga yuborish, viloyatlardan tumanlarga, tumanlardan esa davolash-profilaktika muassasalariga vaksinalarni sifatli va sovuqlik zanjiriga rioya qilgan holda yetkazilishini kuzatishga imkon beradi. Shu bilan birga, RISK (tadbirkorlik subyetklarining xavfsizlik darajasini baholash) tizimi ishga tushirildi. U xavfni tahlil qilish mexanizmini joriy qilish uchun nazorat ostidagi obyektlarning yagona elektron bazasi hisoblanadi. Tizim iste’molchilarga ko‘rsatiladigan xizmat va iste’mol qilinadigan mahsulotlar turlarini gigiyenik jihatidan xavfsiz yoki xavfliligi (mahsulotning iste’molga yaroqsizligi) to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. Yana bir ishga tushirilgan dastur LIS – Laboratoriya axborot tizimi bo‘lib, u tibbiyot muassasalari laboratoriya diagnostikasi bo‘limlarining bemorni testlarga yuborish, biomateriallarni tanlab olish va tayyorlash, turli xil tadqiqotlar o‘tkazish, shu jumladan, analizatorlardan foydalanish kabi asosiy ish jarayonlarini avtomatlashtirish va elektron shaklga o‘tkazish imkonini beradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1c/15887219_135:0:2866:2048_1920x0_80_0_0_a551db94838eaa1278951488fa016c92.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, kasallik, sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi (sanepidqo‘mita)
jamiyat, o‘zbekiston, kasallik, sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi (sanepidqo‘mita)
Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar monitoringining elektron tizimi ishga tushirildi
Elektron monitoring yuqumli va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va tarqalib ketishini oldini olishga yordam beradi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Sanitariya-epidemiologiya sohasidagi bir nechta yo‘nalishlarda elektron raqamlashtirish tizimi tashkil etildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, endilikda yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar monitoringi elektron tizimga o‘tkazildi. YKEM - Yuqumli kasalliklar elektron monitoringi – bu aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida yuqumli kasalliklarning epidemiologik nazoratini raqamlashtirish orqali takomillashtirish.
An’anaviy axborot almashinish tizimi orqali ma’lumotlarni yig‘ilishi, qayta ishlanishi va javob choralarining joylarga ko‘rsatma orqali yetkazilishi 12 soatdan 48 soatgacha vaqtni egallaydi.
“Yuqumli kasallikka chalingan bir nafar bemor bu vaqt ichida kamida 2-3 nafar sog‘lom odam bilan muloqot qiladi, natijada ushbu sog‘lom shaxslarni kasallikni yashirin davri muddati davomida tibbiy nazoratga olish va karantin choralarini belgilashga zarurat tug‘iladi. Yuqumli kasalliklar elektron monitoringi axborotni tezkor va sifatli axborotlar yetkazilishi ta’minlanadi bu esa yuqumli va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va tarqalib ketishini oldini olishga xizmat qiladi”, — dedi Saidova.
Shuningdek, Sanepidqo‘mitaning “Elektron vaksina logistikasini boshqarish tizimi” ishga tushirildi. Bu vaksinalarni viloyatlarga yuborish, viloyatlardan tumanlarga, tumanlardan esa davolash-profilaktika muassasalariga vaksinalarni sifatli va sovuqlik zanjiriga rioya qilgan holda yetkazilishini kuzatishga imkon beradi.
Shu bilan birga, RISK (tadbirkorlik subyetklarining xavfsizlik darajasini baholash) tizimi ishga tushirildi. U xavfni tahlil qilish mexanizmini joriy qilish uchun nazorat ostidagi obyektlarning yagona elektron bazasi hisoblanadi.
Tizim iste’molchilarga ko‘rsatiladigan xizmat va iste’mol qilinadigan mahsulotlar turlarini gigiyenik jihatidan xavfsiz yoki xavfliligi (mahsulotning iste’molga yaroqsizligi) to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi.
Yana bir ishga tushirilgan dastur LIS – Laboratoriya axborot tizimi bo‘lib, u tibbiyot muassasalari laboratoriya diagnostikasi bo‘limlarining bemorni testlarga yuborish, biomateriallarni tanlab olish va tayyorlash, turli xil tadqiqotlar o‘tkazish, shu jumladan, analizatorlardan foydalanish kabi asosiy ish jarayonlarini avtomatlashtirish va elektron shaklga o‘tkazish imkonini beradi.