https://oz.sputniknews.uz/20241030/tuberkulyoz-jsst-46387802.html
Dunyoda sil bilan kasallanish keskin oshdi — JSST
Dunyoda sil bilan kasallanish keskin oshdi — JSST
Sputnik O‘zbekiston
Bu yuqumli kasallikning rivojlanish xavfini oshiradigan besh asosiy omil: to‘yib ovqatlanmaslik; OIV infeksiyasi; spirtli ichimliklar asoratlari bilan bog‘liq kasalliklar; chekish va qandli diabet.
2024-10-30T17:12+0500
2024-10-30T17:12+0500
2024-10-30T17:12+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
kasallik
jsst
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0e/26178074_0:143:3137:1907_1920x0_80_0_0_df9b370cd0e3b3be2d14790bc6fdf2c8.jpg
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Dunyoda silga (tuberkuloz) chalinish holatlari keskin oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) tayanib xabar berdi. Tashkilot sil kasalligi bo‘yicha yangi hisobotni e’lon qildi. Unda qayd etilishicha, 2023-yili ushbu xastalik dunyo bo‘yicha 8,2 million kishida aniqlangan. Xavotirli jihati, bu 2022-yilga nisbatan 0,7 millionta ko‘p va 1995-yildan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Eng ko‘p kasallanish holatlari Hindiston (26 foiz), Indoneziya (10 foiz), Xitoy (6,8 foiz), Filippin (6,8 foiz) va Pokiston (6,3 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. JSST xulosasiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab silning dorilarga chidamli turlari keng tarqalishi “inqiroz omili”dir. O‘z navbatida, tashkilot mazkur yuqumli kasallikning rivojlanish xavfini oshiradigan besh asosiy omilni keltirib o‘tdi:Aytilishicha, O‘zbekistonda silni davolash samaradorligi keyingi yillarda 90 foizga yetkazildi va bu JSSTning xastalikni tugatish strategiyasi maqsadlariga mosdir.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0e/26178074_202:0:2933:2048_1920x0_80_0_0_96169563e0bfa823b639f1438eeaa468.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sil tuberkuloz ma’lumot o‘zbekiston dunyo jsst
sil tuberkuloz ma’lumot o‘zbekiston dunyo jsst
Dunyoda sil bilan kasallanish keskin oshdi — JSST
O‘zbekistonda tuberkuloz bilan kasallanish darajasi 1,5-2 barobar kamaydi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Dunyoda silga (tuberkuloz) chalinish holatlari keskin oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) tayanib
xabar berdi. Tashkilot sil kasalligi bo‘yicha yangi hisobotni e’lon qildi.
Unda qayd etilishicha, 2023-yili ushbu xastalik dunyo bo‘yicha 8,2 million kishida aniqlangan. Xavotirli jihati, bu 2022-yilga nisbatan 0,7 millionta ko‘p va 1995-yildan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
“2023 yilda sil yuqumli kasalliklardan o‘lim holatlarining asosiy omiliga aylanib, bu borada COVID-19 ni ortda qoldirdi, — deyiladi hisobotda. — O‘tgan yili sil oqibatida 1,25 million kishi hayotdan ko‘z yumgan va bu ko‘rsatkich undan avvalgi yilga nisbatan biroz kamaygan bo‘lsa-da, bemorlar soni taxminan 10,8 million nafarga oshgan".
Eng ko‘p kasallanish holatlari Hindiston (26 foiz), Indoneziya (10 foiz), Xitoy (6,8 foiz), Filippin (6,8 foiz) va Pokiston (6,3 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
JSST xulosasiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab silning dorilarga chidamli turlari keng tarqalishi “inqiroz omili”dir. O‘z navbatida, tashkilot mazkur yuqumli kasallikning rivojlanish xavfini oshiradigan besh asosiy omilni keltirib o‘tdi:
spirtli ichimliklar asoratlari bilan bog‘liq kasalliklar;
chekish va qandli diabet.
“So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sil bilan kasallanish darajasi 1,5-2 barobar, o‘lim holatlari 6-8 barobar kamaydi. Budunyoning juda kam sonli davlatlari erishgan ko‘rsatkichdir”, — deyiladi SSV xabarida.
Aytilishicha, O‘zbekistonda silni davolash samaradorligi keyingi yillarda 90 foizga yetkazildi va bu JSSTning xastalikni tugatish strategiyasi maqsadlariga mosdir.