O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Parlament saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi — tafsilotlar

© SputnikPress-konferensiya Sentralnoy izbiratelnoy komissii
Press-konferensiya Sentralnoy izbiratelnoy komissii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2024
Obuna bo‘lish
MSK raisi: aralash saylov tizimi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni 15 027 529 nafar saylovchi ovoz berdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev brifingda ma’lum qildi.
Brifingda parlament saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi.
Demak, respublika bo‘ylab jami 19 944 859 ming saylovchi ro‘yhatga olingan bo‘lsa, ulardan 15 027 529 nafari (74,72 %) ovoz berish jarayonida ishtirok etdi. Xorijda ovoz berganlar soni 140 388 nafarga teng bo‘ldi.

"Qonunchilik palatasiga saylovda yagona saylov okrugi bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning kamida 7 foiz ovozini olgan siyosiy partiya belgilangan tartibda mandatga ega bo‘ladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yagona saylov okrugi bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga O‘zLiDeP 5 mln 194 41 ta yoki 34,75% ovoz to‘pladi. Va taqsimotga ko‘ra 26 ta deputatlik o‘rniga ega bo‘ldi", — dedi MSK raisi.

Yagona saylov okrugi bo‘yicha natijalar:
O‘zLiDeP – 34,75% (26 ta o‘rin);
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 18,82% (14 ta o‘rin);
Xalq demokratik partiyasi – 17,11% (13 ta o‘rin);
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 16,20% (12 ta o‘rin);
Ekologik partiya – 13,12% (10 ta o‘rin).

"O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasi 2 mln 812 493 ovoz to‘pladi va 14 ta deputatlik o‘rniga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi 1 mln 960 ming 764 ta ovoz to‘pladi va 10 ta deputatlik o‘rniga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi 2 mln 558 ming 16 ta ovoz to‘pladi va 13 ta deputatlik o‘rniga ega bo‘ldi. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 2 mln 420 ming 850 ta ovoz to‘pladi va 12 ta deputatlik o‘rniga ega bo‘ldi", — deya aniqlik kiritdi Nizomxo‘jayev.

Saylovda bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘roq ovozini olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.

"Bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Qonunchilik palatasiga saylangan 75 nafar deputatlar tarkibining partiyaviylik mansubligi bo‘yicha O‘zLiDeP – 38 nafar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 15 nafar, Xalq demokratik partiyasi – 7 ta nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 9 ta nafar, Ekologik partiya – 6 nafar deputat etib saylandi", — dedi MSK raisi.

Uning aytishicha, deputatlar va partiyalargra berilgan ovozlar bo‘yicha Qonunchilik palatasiga saylangan jami 150 nafar deputatlar tarkibining partiyaviylik mansubligi quyidagicha: O‘zLiDeP – 64 ta o‘rin, "Milliy tiklanish" partiyasidan 29 o‘rin, "Adolat" SDP – 21 ta o‘rin, XDP – 20 ta o‘rin Ekologik partiyasidan 16 ta o‘rin.

“Aralash saylov tizimi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Aralash saylov tizimining joriy etilishi siyosiy partiyalar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirib, jamiyatimizdagi demokratik muhitga yangi quvvat bag‘ishlagani, saylovoldi tashviqoti davomida yaqqol namoyon bo‘ldi”, — dedi Nizomxo‘jayev.

Uning qayd etishicha, Toshkent shahridagi ayrim saylov uchastkalarida sinov tariqasida ishga tushirilgan elektron ovoz berish uskunalari ovoz berish va saylov natijalarini tezkor aniqlash, ovoz berish jarayonlarining qonuniyligini ta’minlash, saylov komissiyalarining ish hajmini maqbullashtirishga xizmat qildi.
"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, aholi farovonligini yanada yuksaltirish, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadlarga erishish yo‘lida xalqimiz ahillik, o‘zaro hamjihatlikda harakat qilayotganini yana bir bor namoyish etdi", — dedi rais.
Yuqori turuvchi saylov komissiyalari tomonidan ovoz berish jarayonini tashkil etish bo‘yicha uchastka saylov komissiyalari faoliyatini monitoring qilish natijasida ayrim kamchiliklar aniqlandi.
ayrim saylov uchastkalaridagi ovoz berish xonalarida saylov jihozlarini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan talablar asosida joylashtirilmaganligi;
ba’zi saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyalari a’zolari fuqaroga shaxsini tasdiqlovchi hujjatning mobil telefondagi elektron fotosurati asosida saylov bulletenlari berish holatlari;
uchastka saylov komissiyalar faoliyatiga ko‘ngillilarni jalb qilib, ulardan foydalanganligi;
saylovchilar ro‘yxatida bo‘lmagan fuqaroni saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritishda Markaziy saylov komissiyasining qarorida belgilangan harakatlar ketma-ketligiga to‘liq rioya etilmaganligi;
bitta yashirin ovoz berish kabinasiga bir nechta saylovchilarning bir vaqtning o‘zida ovoz berishiga ayrim komissiyalar tomonidan yo‘l qo‘yib berilganligi.
Qonunchilikka asosan javobgarlikka olib keladigan holatlar yuqori turuvchi saylov komissiyalari tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi.
Aytilishicha, bo‘lib o‘tgan saylov jarayonlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar tizimli o‘rganiladi, uning xulosalari xalqaro kuzatuvchilar hamda ekspertlar ishtirokida muhokama qilinadi.
Bu muhokamalarda o‘tgan saylov jarayonlari atroflicha tahlil qilib, saylov qonunchiligi va amaliyotini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari belgilab olinadi.
Mejdunarodnie nablyudateli ot SNG  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2024
O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
“Saylov 2024” mobil ilovasi yosh saylovchilar orasida mashhur — MDH kuzatuvchilari
Yangiliklar lentasi
0