https://oz.sputniknews.uz/20241028/ozbekiston-iht-hamkorlik-46350267.html
O‘zbekiston IHT mamlakatlari bilan savdoni osonlashtirish bo‘yicha kelishuv imzolaydi
O‘zbekiston IHT mamlakatlari bilan savdoni osonlashtirish bo‘yicha kelishuv imzolaydi
Sputnik O‘zbekiston
Vazirlik: so‘nggi 5-yilda O‘zbekistonning IHT davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 37 foizga o‘sdi. 28.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-28T18:20+0500
2024-10-28T18:20+0500
2024-10-28T18:20+0500
iqtisod
o‘zbekiston
iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (iht)
laziz qudratov
hamkorlik
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1c/46350068_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_36fa90765b61db5c02de4cb5104455e8.jpg
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Asad Majid Xon bilan uchrashdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.Qayd etilishicha, IHT mamlakatlari dunyo energetika resurslarining uchdan bir qismiga egalik qiladi. Kudratov IHT mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashda Tashkilot Kotibiyatining muhim rolini yuqori baholadi.Asad Majid Xon esa qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan konseptual loyiha va tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqish va kelishish jarayonida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.Muzokaralar yakunida tomonlar Tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga sobitligini tasdiqlashdi. Kelasi yilning aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan IHTga a’zo mamlakatlarning “INNOPROM. Markaziy Osiyo” sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.Ma’lumot uchun, so‘nggi 5-yilda O‘zbekistonning IHT davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 37 foizga o‘sib, 2023-yil yakuniga ko‘ra 12,3 milliard dollarni tashkil etdi. Faqat shu yil boshidan buyon IHT mamlakatlari kapitali ishtirokida mamlakatda 900 tadan ortiq yangi korxonalar tashkil etildi va ularning umumiy soni 5 mingtaga yetdi. Oxirgi uch yilda IHT davlatlaridan O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar oqimi 5 milliard dollardan oshdi.
https://oz.sputniknews.uz/20240428/iht-chegarasiz-turizm-shahrisabz-forum-deklaratsiya-43642199.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1c/46350068_42:0:1179:853_1920x0_80_0_0_9d5b66945d6a8a7c0d9166734efc56cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (iht) , laziz qudratov , hamkorlik, innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
iqtisod, o‘zbekiston, iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (iht) , laziz qudratov , hamkorlik, innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
O‘zbekiston IHT mamlakatlari bilan savdoni osonlashtirish bo‘yicha kelishuv imzolaydi
Vazirlik: so‘nggi 5-yilda O‘zbekistonning IHT davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 37 foizga o‘sdi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) bosh kotibi Asad Majid Xon bilan uchrashdi, deya xabar berdi vazirlik
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, IHT mamlakatlari dunyo energetika resurslarining uchdan bir qismiga egalik qiladi. Kudratov IHT mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashda Tashkilot Kotibiyatining muhim rolini yuqori baholadi.
Asad Majid Xon esa qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan konseptual loyiha va tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqish va kelishish jarayonida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
“Gap IHT mamlakatlari bilan kelishish jarayonida bo‘lgan Savdoni osonlashtirish bo‘yicha IHT kelishuvi loyihasi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida Savdo, investitsiyalar va innovatsiyalar markazini tashkil etish konsepsiyasi kabi hujjatlar haqida bormoqda”, — deyiladi xabarda.
Muzokaralar yakunida tomonlar Tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga sobitligini tasdiqlashdi. Kelasi yilning aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan IHTga a’zo mamlakatlarning “INNOPROM. Markaziy Osiyo” sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi 5-yilda O‘zbekistonning IHT davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 37 foizga o‘sib, 2023-yil yakuniga ko‘ra 12,3 milliard dollarni tashkil etdi. Faqat shu yil boshidan buyon IHT mamlakatlari kapitali ishtirokida mamlakatda 900 tadan ortiq yangi korxonalar tashkil etildi va ularning umumiy soni 5 mingtaga yetdi. Oxirgi uch yilda IHT davlatlaridan O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar oqimi 5 milliard dollardan oshdi.