Konkur bo‘yicha turnirda o‘zbekistonlik sportchilar oltin medallarni qo‘lga kiritishdi

© NOKV Tashkente zavershilsya turnir po konkuru “Jumping world challenge final”.
V Tashkente zavershilsya turnir po konkuru “Jumping world challenge final”.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2024
Obuna bo‘lish
Bellashuvlarda dunyoning 11 mamlakatining 20 nafardan ortiq mohir chavandozi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Toshkentda konkur bo‘yicha “Jumping world challenge final” turniri o‘z yakuniga yetdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Bir necha kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda dunyoning 11 ta mamlakatidan tashrif buyurgan 20 nafardan ortiq mohir chavandoz g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikki dasturda oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Kichik final dasturida Akbar Sharipov eng yaxshi natijani qayd etgan bo‘lsa, Mirzohid Musayev katta final yo‘nalishida bosh sovringa ega chiqdi.
Kichik final, 115 sm (to‘siq balandligi):
Akbar Sharipov (O‘zbekiston, “La Blue Rouge” laqabli otda)
Kristi Neyr (Singapur, “La Luna”)
Divan Bosman (JAR, “Queen”)
Katta final, 120 sm:
Mirzohid Musayev (O‘zbekiston, “Casamira”)
Gloriya Iyeromazzo (Dominikan Respublikasi, “Jangcy L”)
Viktoriya Greyvenshteyn (JAR, “Jodcasall A-Z”)
Yangiliklar lentasi
0