https://oz.sputniknews.uz/20241027/ukraina-saylovlar-zelenskiy-46339597.html
Ukrainada saylovlar qachon o‘tkazilishini ma’lum bo‘ldi
Ukrainada saylovlar qachon o‘tkazilishini ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy idorasi: saylovlar mojaro tugaganidan so‘ng darhol o‘tkaziladi. 27.10.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-10-27T19:15+0500
2024-10-27T19:15+0500
2024-10-27T19:15+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
vladimir zelenskiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/08/37672861_0:9:3072:1737_1920x0_80_0_0_48fb7a727cf4c3abda0ec1a481d889e2.jpg
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiyning idorasi rahbari Andrey Yermakning aytishicha, Ukrainadagi saylovlar qurolli mojaro tugaganidan so‘ng darhol bo‘lib o‘tadi, chunki hozirda Kiyevning barcha resurslari unga qaratilgan, deb yozmoqda RIA Novosti.Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKSning 16-sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Kiyev rejimi yetakchilari” Rossiya bilan muzokara o‘tkazmoqchi emasligini aytdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tinchlik muzokaralarining boshlanishi harbiy holatni bekor qilish zaruratiga olib keladi va shundan so‘ng darhol prezidentlik saylovlarini o‘tkazish kerak bo‘ladi, ehtimol Ukraina bunga hali tayyor emas.Oktabr boshida Ukrainada o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, ukrainaliklarning deyarli 70 foizi harbiy holatga qaramay, mamlakatda saylovlar o‘tkazilishi kerak, deb hisoblagani ma’lum bo‘ldi. Zelenskiyning vakolat muddati 20-may kuni tugadi. Ukrainada 2024-yilgi prezidentlik saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab bekor qilindi.Zelenskiy saylovlar endi “bevaqt” ekanini aytdi. Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin, dastlabki baholashga ko‘ra, Ukrainadagi yagona qonuniy hukumat parlament va Oliy Rada spikeri ekanligini ta’kidlagan edi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/08/37672861_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_2fd6a2f0cda1bb1aa829ad53c357e588.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, vladimir zelenskiy
dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina, vladimir zelenskiy
Ukrainada saylovlar qachon o‘tkazilishini ma’lum bo‘ldi
Zelenskiy idorasi: saylovlar mojaro tugaganidan so‘ng darhol o‘tkaziladi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiyning idorasi rahbari Andrey Yermakning aytishicha, Ukrainadagi saylovlar qurolli mojaro tugaganidan so‘ng darhol bo‘lib o‘tadi, chunki hozirda Kiyevning barcha resurslari unga qaratilgan, deb yozmoqda RIA Novosti.
“(Saylovlar bo‘lib o‘tadi – tahr.) urush tugaganidan so‘ng darhol. Zelenskiy juda aniq aytdi: u barcha askarlar xorijdagi qochqinlar kabi ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lishini istaydi. Ammo bugun resurslar urushga ketishi kerak”, — dedi u Italiya gazetasiga bergan intervyusida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKSning 16-sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Kiyev rejimi yetakchilari” Rossiya bilan muzokara o‘tkazmoqchi emasligini aytdi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tinchlik muzokaralarining boshlanishi harbiy holatni bekor qilish zaruratiga olib keladi va shundan so‘ng darhol prezidentlik saylovlarini o‘tkazish kerak bo‘ladi, ehtimol Ukraina bunga hali tayyor emas.
Oktabr boshida Ukrainada o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, ukrainaliklarning deyarli 70 foizi harbiy holatga qaramay, mamlakatda saylovlar o‘tkazilishi kerak, deb hisoblagani ma’lum bo‘ldi. Zelenskiyning vakolat muddati 20-may kuni tugadi. Ukrainada 2024-yilgi prezidentlik saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab bekor qilindi.
Zelenskiy saylovlar endi “bevaqt” ekanini aytdi. Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin, dastlabki baholashga ko‘ra, Ukrainadagi yagona qonuniy hukumat parlament va Oliy Rada spikeri ekanligini ta’kidlagan edi.