Parlament saylovlari o‘tgan deb hisoblanadi — MSK
14:24 27.10.2024 (yangilandi: 16:07 27.10.2024)
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev
/ Obuna bo‘lish
O‘zbekiston parlamenti saylovlarida 47,62 foiz saylovchi ovoz berib bo‘ldi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston parlamenti saylovlarida soat 13:00 holatiga 47,62 foiz saylovchi ovoz berdi. Bu haqda MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov brifingda ma’lum qildi.
Bahrom Qo‘chqorovga ko‘ra, soat 13:00 holatiga O‘zbekiston parlamenti saylovlarida 9 mln 498 ming 589 nafar yoki 47,62 foiz saylovchi ovoz berdi.
“Saylov kodeksining 96-moddasiga binoan, agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tgan hisoblanadi. Ushbu raqamlar MSK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi o‘tgan deb hisoblashga asos bo‘la oladi. Albatta, yakuniy xulosa ovoz berish natijalaridan kelib chiqib beriladi”, — dedi u.
Hududlar kesimida:
Qoraqalpog‘iston respublikasi - 42,87 foiz;
Andijon viloyati - 48,12 foiz;
Buxoro viloyati - 44, 01 foiz;
Jizzax viloyati - 53,41 foiz;
Navoiy viloyati - 46,83 foiz;
Namangan viloyati - 48, 67 foiz;
Samarqand viloyati - 50,55 foiz;
Sirdaryo viloyati - 50,23 foiz;
Surxondaryo viloyati - 46,59 foiz;
Toshkent viloyati - 45,52 foiz;
Farg‘ona viloyati - 51,24 foiz;
Xorazm viloyati - 48,88 foiz;
Qashqadaryo viloyati - 49,12 foiz;
Toshkent shahri - 41,09 foiz.
Eslatib o‘tamiz, saylovda ovoz berish soat 08:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi. O‘zbekistonda parlament saylovlari ilk bor aralash majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkazilmoqda. Saylovlarni o‘tkazish uchun 10 717 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan, ulardan 57 tasi 40 ta davlatda, shu jumladan, 7 tasi Rossiyada. O‘zbekistondagi parlament saylovlarini MDH PAdan 60 nafardan ortiq kuzatuvchi kuzatib boradi.