O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston parlamenti saylovlarida 71,52 foiz saylovchi ovoz berdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishDosrochnie vibori prezidenta Uzbekistana v Kazani
Dosrochnie vibori prezidenta Uzbekistana v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2024
Obuna bo‘lish
Soat 17:00 haolatiga 14 milliondan ortiq saylovchi ovoz berish jarayonlarida ishtirok etdi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekiston parlamenti saylovlarida soat 17:00 holatiga 71,52 foiz saylovchi ovoz berdi. Bu haqda MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 14 mln 264 ming 994 nafar yoki 71,52 foiz fuqarolar saylovda ovoz berdi.

“Hozirga qadar Vladivostok, Tokio, Seul, Guanchjou, Pekin, Shanxay, Kuala-Lumpur va Singapur saylov uchastkalarida ovoz berish yakunlandi. Ushbu saylov uchastkalarida saylov natijalarini aniqlash, bulletenlarni sanash jarayonlari boshlandi”, —dedi u.

Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da Vashington va Nyu-York shaharlaridagi saylov uchastkalarida ovoz berish boshlandi. Boshqa xorijiy mamlakatlarda tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, saylovda ovoz berish soat 08:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi. O‘zbekistonda parlament saylovlari ilk bor aralash majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkazilmoqda. Saylovlarni o‘tkazish uchun 10 717 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan, ulardan 57 tasi 40 ta davlatda, shu jumladan, 7 tasi Rossiyada. O‘zbekistondagi parlament saylovlarini MDH PAdan 60 nafardan ortiq kuzatuvchi kuzatib boradi.
Yangiliklar lentasi
0